Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining predmeti maqsadi vazifalari va ahamiyati Reja: Yosh fiziologiyasi predmeti va maqsadi Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining vazifalari va ahamiyati. Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va qisqacha tarixi. Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining tekshirish usullari Fiziologiya. Fiziologiya so'zi yunoncha «physis» - tabiat, «logos» - ta'limot so'zlaridan iborat bo'lib, u hayot jarayonida hujayra, to'qima, azo, tizim va butun organizmda bo'lib o'tadigan funksiyalar va jarayonlarni o'rganuvchi fandir. Ilmiy taraqqiyot va fanlarning doimiy differentsiatsiyasi natijasida hozirgi kunda fiziologiya fani murakkab kompleksni tashkil qilib, u umumiy fiziologiya, evolyutsion fiziologiya, me'yoriy va patologik fiziologiya, mehnat fiziologiyasi, yosh fiziologiyasi va boshqa bo'limlarni o'z ichiga oladi. Yosh fiziologiyasi - odam fiziologiyasining bir tarmog'i bo'lib, o'sib borayotgan organizmda tug'ilishdan boshlab, balog'atga etguncha bo'ladigan hayotiy funksiyalarni o'rganadi. Bu fan organizm, uning azo va tizimlarini individual rivojlanish qonuniyatlarini-ontogenezning turli davrlarida taqqoslab o'rganadi. «Ontogenez» so'zi yunoncha «onto» - individ va «genesis» - rivojlanish so'zlaridan olingan bo'lib, organizmning urug'lanishidan to hayotining oxirgi kunlarigacha bo'lgan davrni, umumiy qilib aytganda, organizmning individual rivojlanishini bildiradi. Ontogenez davomida tuxum hujayra urug'lanadi, bo'linib ko'payadi, to'qimalar hosil bo'ladi, to'qimalardan a'zolar va a'zolardan tizimlar hosil bo'ladi, tizimlar birlashib, organizm shakllanadi va vaqti kelib tug'ilish jarayoni ro'y beradi, organizm voyaga etadi, ko'payadi, qariydi va oxiri o'lim yuz beradi. Ontogenez ikkita rivojlanish bosqichiga - prenatal (embrional) va postnatal (tug'ilishdan keyin) davrlarga bo'linadi. Prenatal davr deb, organizmni ona qornidagi rivojlanish davriga aytiladi. Yani bu davrda tuxum hujayra otalanadi va undan homila shakllanadi va chaqaloqning tug'ilishi bilan tugaydi. Postnatal davr esa tug'ilgandan to o'lgunga qadar ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.18 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.18 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:57 ]
Arxiv ichida: doc