Yoshlar va sog'lom turmush tarzi Sog'lom turmush tarzi - inson turmush sharoitlarini faol o'zlashtirish usuli bo'lib, kun tartibiga rioya qilish, faol harakat asosida organizmni chiniqtirish, sport bilan shug'ullanish, to'la va sifatli ovqatlanish, ovqatlanishning gigiyenik qoidalariga rioya qilish, muloqot va ekologik madaniyatga erishish, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida ma'naviy tarbiya olish, zararli odatlardan o'zini tuta bilish demakdir. Sog'lom turmush tarzini shakllantirish predmetining maqsadi va vazifalari: shaxs hayoti va salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarni bartaraf etish borasidagi nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarni o'zlashtirishga erishish; kun tartibiga qatiy amal qilish; muntazam ravishda chiniqib borish, faol jismoniy harakatni tashkil etish hamda sport bilan doimiy shug'ullanishga erishish; to'g'ri ovqatlanish qoidalarining mohiyati va ahamiyati to'g'risidagi ma'lumotlarni puxta o'zlashtirish va ulardan amaliy faoliyatda foydalanish; shaxsiy salomatlikni saqlashga nisbatan mas'uliyatni qaror toptirish; atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyat qoidalariga ega bo'lish; turli xildagi jarohatlanish va baxtsiz hodisalarnig oldini olish layoqatiga ega bo'lish; salbiy odatlarni o'zlashtirish (tamaki mahsulotlarini chekish, narkotik moddalar va spirtli ichimliklarni istemol qilish)ning rag'bati yuzaga kelmasligini ta'minlash; jins sifatida to'g'ri tarbiyalanish, shaxsiy gigiyena qoidalaridan xabardor bo'lish va ularga og'ishmay amal qilish; o'zida yuksak axloqiy sifatlar, kuchli va mustahkam irodani hosil qilishga erishish, shuningdek, psixogigiyena talablariga amal qilish; Respublika Prezidenti I.A. Karimov alohida etibor berib takidlaganidek: Xalq sog'lig'ini mustahkamlash muhim vazifalardan biridir, yosh avlodning sog'lig'i haqida qayg'urish xam davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Bularning, yosh avlodning sog'lig'iga ta'sir qiluvchi asosiy omillarni bilishni, o'quvchilarda sog'lom turmush tarzining shakllantirishning metodologik, psixologik, pedagogik, tibbiy va gigiyenik asoslarini yaratishni taqozo etadi Faol harakat bilan bog'liq hayot kechirish. chiniqish, jismoniy tarbiya va sport bilan ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
829.87 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:58
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
829.87 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:58 ]
Arxiv ichida: ppt