YuIK. Stenokardiya

YuIK. Stenokardiya

O'quvchilarga / Tibbiyot
YuIK. Stenokardiya - rasmi

Material tavsifi

YuIK. Stenokardiya Reja: Etiologriya va patogenezi yoritish Klassifikatsiya va klinika Tanaffus Bemorni ko'rsatish Laborator-instrumental diagnostika Davolash va profilaktika Xulosa . Savollarga javob YuRAK IShYeMIK KASALLIGI ta'rifI. Yurak ishemik kasalligi (YuIK) - bu toj arteriyalar tizimidagi patologik jarayonlar natijasida miokardga qon kelishining kamayishi yoki to'xtashi sababli yurak mushagining o'tkir va surunkali zararlanishi. Patologik jarayon asosida miokardning qon bilan ta'minlanishiga talabi bilan shikastlangan arteriyalardan qonning mumkin bo'lgan miqdorining oqib kelishi o'rtasidagi muvozanatning buzilishi yotadi. Bu nomutanosiblik miokardni malum darajada qon bilan ta'minlanishining saqlanishi, lekin miokard ehtiyojini keskin oshishi yoki qon bilan ta'minlanishining pasayishi natijasida vujudga kelishi mumkin. ETIOLOGIYaSI VA PATOGYeNYeZI. YuIK rivojlanishining asosiy sababi yurak toj arteriyalarini stenozlaydigan aterosklerotik zararlanishidir. Shu bilan birga toj arteriyalarda kon aylanishning buzilishi patogenezida angiospastik omil va qon tomir ichida o'tkinchi trombotsitlar qorishmasining hosil bo'lishi muhim rol o'ynaydi. Toj arteriyalar aterosklerozi. YuIKga chalingan 95% bemorlarning toj arteriyasida, aksariyat proksimal sohasida, ateroskleroz bilan shikastlanish aniqlangan. Ateroskleroz pilakchalarining shakllanishi ko'p bosqichli, bir necha yillar davom etadi. Boshlanishida arteriya sathi deyarli o'zgarmaydi. Tomir devorlarida lipidlarning yirilishi natijasida endoteliy butunligi buziladi, yara va pilak fibroz kobig'ining yorilishi, uning eritrotsitlar va fibrinlar bilan infiltratsiyalanishi vujudga keladi. Bu holat trombotsitlar korishmalari va mikrotromblar hosil bo'lishiga olib keladi. Toj arteriyalarning organik stenozi turli xil ko'rinishda - tomir devori yuzasida zo'rga aniqlanadigan narsadan tomirning to'la okklyuziyasigacha (jipslashishigacha) o'zgarishi mumkin. Ko'pchilik bemorlarda YuIKning ilk klinik belgilari ateroskleroz pilakchalari toj arteriyasini faqat talaygina stenozlaganda (toraytirganda) malum bo'ladi. Toj arteriyalar spazmi (siqilishi). Hozirgi davrda YuIKda selektiv koronarografiya yordamida toj arteriyalar spazmasining patogenetik roli aniqlangan. Spazm bilan chaqirilgan stenokardiya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.47 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.47 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga