MAVZU:Yumshoq dori shakllari REJA: Surtmalar Pastalar Krem Gel Linimentlar Shamchalar (suppozitoriylar) Plastirlar SURTMALAR (Unguenta) (Unguentum, Unguenti) Surtma - dozalanmagan yumshoq dori shakli bo'lib, asosan tana sirtiga surtish uchun ishlatiladi. Yuqori darajada surtilish xususiyatiga ega bo'lgan gomogen massa, teri yoki shilliq qavatlar yuzasida tekis, sidirilib ketmaydigan parda hosil qiladi. Surtmalar murakkab dori shakli hisoblanadi, kamida 2 ta tarkibiy qism: shakl beruvchi (surtma asoslari - constituens) hamda bir yoki bir necha ta'sir ko'rsatuvchi moddalardan (basis) iborat bo'ladi. Shuningdek, stabilizatorlar, sirt-faol moddalar, konservantlar va boshqa yordamchi moddalar saqlashi mumkin. Shakl beruvchi moddalar yuqori darajada sifatli bo'lishi va quyidagi talablarga javob berishi kerak: quyosh nuri, havo harorati kabi tabiiy ta'sirlarda buzilmaslik; antimikrobial barqarorlik; dori vositalari bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmaslik, fiziko-kimyoviy barqarorlik; yumshoq konsistensiya, yuqori darajada surtilish va tana haroratida erib ketish; biologik zarar bermaslik, ba'zi hollarda teridan yaxshi so'rilish; tannarxi arzon bo'lishi. Surtma asosi sifatida ishlatiladigan moddalar: Tozalangan cho'chqa yog'i (Adeps suillus depuratus) O'simlik moylari (Olea pingua) kungaboqar (Oleum Helianthi), shaftoli (Oleum Persicorum), bodom (Oleum Amygdalarum) va b. Gidrogenizasiyalangan yog'lar Mumlar (Asalari mumi, Spermaset (Spermacetum) Lanolin (Lanolinum) Uglevodorodlar (Vazelin (Vaselinum) Vazelin moyi (Oleum Vaselini) Surtmalar asosan ofisinal bo'lib, kamdan-kam hollarda magistral yo'l bilan tayyorlanadi. Surtmalar oddiy va murakkab (tarkibida 2 va undan ortiq dori) bo'ladi. Reseptlarda surtmalar qisqartirilgan va kengaytirilgan ko'rinishda yoziladi. Qisqartirilgan shaklda reseptlar yozilganda surtmaning miqdori va uning tarkibidagi dori nomi va foizi ko'rsatiladi. Reseptda surtma asosi ko'rsatilmagan bo'lsa odatda vazelin ishlatiladi. Surtilish yuzasiga ko'ra reseptda dermatologik surtmalar miqdori 20,0-100,0 gacha, oftalmologik surtmalar 5,0-10,0 gacha yoziladi. Surtma asosi sifatida vazelin emas, qandaydir ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
118.37 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:59
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
118.37 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:59 ]
Arxiv ichida: pptx