Yuqori haroratlarda odam organizmining issiqlik almashinuvini o'rganish

Yuqori haroratlarda odam organizmining issiqlik almashinuvini o'rganish

O'quvchilarga / Tibbiyot
Yuqori haroratlarda odam organizmining issiqlik almashinuvini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

YUQORI HARORATLARDA ODAM ORGANIZMINING ISSIQLIK ALMASHINUVINI O'RGANISH Odam tashqi muhitdan ovqat va suv qabul qilishi,organizimda uning o'zgarishi,hazm qilinishi,hosil bo'lgan qoldiq moddalarning tashqi muhitga chiqarilishi moddalar almashinuvi deb ataladi. Ovqat tarkibidagi organik moddalning kimiyoviy,mehanik,termik o'zgarishi natijasida ulardagi potentsial energiya issiqlik,mexanik va elektr energiyasiga aylanadi. Hosil bo'lgan energiya hisobiga to'qimalarva organlar ish bajaradi,hujayralar ko'payadi, ularning eskirgan tarkibiy qisimlari yangilanadi yosh oganizim o'sadi va rivojlanadi.Ana shu energiya hisobiga odam tana haroratining doimiyligi ta'minlanadi Shunday qilib, moddalar va energiya almanashinuvi bir biriga chambarchas bog'liq. Tirik organizmda moddalar va energiya almashinuvi uzluksiz davom etibturadi, yani moddalar va energiya almashinuvi tirik organizmning yashash belgisi hisoblanadi. Tirik organizmning fiziologik xususiyati bo'lgan bu jarayonlar materiya va energiyaning saqlanish qonuni asosida o'tadi. Bunda moddalar va energiya yo'qolmaydi, balki bir turdan ikkinchi turga aylanadi. Moddalar almashinuvi hayotning asosiy funksiyasi ekanligi Moddalar va energiya almashinuvi - organizmning hayot faoliyati jarayonlarining asosini tashkil etadi. Moddalar va energiya almashinuvi barcha organizmlarning eng oddiydan eng murakkab tuzilgan odamlar organizmining ham hyotining asosidir. Odamlar organizmida, uning organlari, to'qimalari, hujayralarida tinimsiz ravishda juda oddiylardan murakkab moddalarning hosil bo'lish jarayoni bajariladi. Shu bilan bir vaqtda organizm hujayralari tarkibiga kiruvchi murakkab organik moddalarning oksidlanishi, parchalanishi bajariladi. Organlarning ishi doimiy ravishda ularning yangilanishi bilan birgalikda kechadi: ayrim hujayralar o'ladi, boshqalari ularni o'rnini almashtiradi. Voyaga yetgan odamlarda bir kecha-kunduz davomida teri epiteliyasi hujayralarining 120 miqdori, ovqat hazmi trakti epiteliyasining hamma hujayralarining yarmi, 25 grammga yaqin qon va boshqalar o'ladi va almashinadi. Organizm hujayralarining yangilanishi, o'sishi faqatgina organizmga tinimsiz ravishda kislorod va to'yimli moddalar tushib turgandagina amalga oshishi mumkin. To'yimli moddalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 853.65 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:59 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 853.65 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga