Yuqori molekulali birikmalar (YuMB) ta'rifi, tasnifi, eritmalarning o'ziga xos tomonlari Reja Yuqori molekulyar birikmalar ta'rifi. Yuqori molekulyar birikmalarning tasnifi. Yuqori molekulyar birikmalar eritmalarini tayyorlashning o'ziga xos tomonlari. Chekli bo'quvchi YuMB eritmalarini tayyorlash. Cheksiz bo'quvchi YuMB eritmalarini tayyorlash. Ekstraktlar eritmalarini tayyorlash. YuMB deb, molekulyar og'irligi bir necha mingdan milliongacha va undan ham ortiq bo'lgan tabiiy va sintetik moddalarga aytiladi. YuMB tarkibi qutbli hamda qutbsiz guruhlardan iborat. Ular ko'proq qutbli guruhlarga ega bo'lgani uchun boshqa erituvchilarga nisbatan suvda yaxshi eriydi. Yumb eritmalari o'ziga xos xususiyatlarga ega, yuqori yopishqoklik, nur tarqatish qobiliyati natijasida eritmani loyqalanishga olib kelishi mumkin, yarim o'tkazuvchi membranadan o'tish qobiliyati yo'q. Shu yuqorida keltirilgan xususiyatlar makromolekulyar tizmasining qayishqoqligi va katta molekulyar massasiga bog'liq. YuMB eritmalaridagi zarrachalarni hatto ultra mikroskopda ham ko'rib bo'lmaydi, katta -kichikligi 1-100 nm, shu eritmalarni xususiyati kolloid eritmalarnikiga o'xshash. Ular erishidan oldin albatta bo'kadi va yopishqoqligi yuqori bo'ldi. Demak, erituvchi bilan o'zaro ta'sirini 3 bosqichga bo'lish mumkin: Ho'llanish, 2. Bo'qish, 3. Peptizatiya - o'z- o'zidan erish. Bo'qish hodisasi hamma YuMB ga xos bo'lib, u quyidagicha: Erituvchining molekulalari YuMB ichiga singib, makromolekulalar orasidagi bo'shliqlarni to'ldiradi. Shuningdek, ularni yumshatadi va juda ko'p miqdorda erituvchini o'ziga shimib oladilar va YuMB xajmining kattalashishi yuz beradi. Molekulalarning bog'lanish iplari uzilib, ular harakatga kelishi natijasida to'liq moddani erituvchiga o'tishi namoyon bo'ladi. Shunday qilib bo'qish bosqichi erish bosqichiga aylanadi. I. Yuqori molekulyar birikmalar tuzilishiga qarab quyidagicha tasniflanadi: Tabiiy YuMB, Sintetik YuMB, Yarim sintetik YuMB. Tabiiy YuMB larga oqsil, jelatin, kollagen; fermentlarga: pepsin, tripsin, ximotripsin, pankiratin; Pektinlarga: kamedlar, polisaxaridlar, o'simlik shilimshiqlari, quyuq va quruq ekstraktlar ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.22 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.22 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:59 ]
Arxiv ichida: doc