Yuqumli kasalliklar tarixi yuqumlimli kasalliklar insoniyatga qadim zamonlardan buyon malum. Ko'pgina yuqimli kasalliklar qadimda g'oyat keng tarqalgan, og'ir kechgan va minglab odamlarning yostig'ini quritgan. O'sha davrdayoq yetuk olimlar vabo, chin chechan, o'lat kabi kasalliklarni yuqumli ekanligini takidlab, ularni tirik qo'zg'atuvchilari bo'lishi mumkinligini gumon qilganlar. Buqrot ularni «miazma»lar deb atagan. Xatto kasallikdan saqlanishning oddiy extiyot choralari ishlab chiqilgan. Tabobat ilmini bobokaloni Abu Ali ibn Sino (980-1037) o'zining «Tib qonunlari» kitobida «Kasallikdan bazilari yuqumli bo'ladi» deb ko'rsatadi. «Bular, moxov, qutir, chechak, vabo isitmasi, yiringlagan yaralar kabi hastaliklardir». Undan besh asr keyingina italiyalik shifokor D.Frakastro (1483-1553) «Kontagiyalar va kontagioz kasalliklar» deb nomlangan kitobida yuqumli kasallik quzg'atuvchilarini tirik mavjudotlar «ontagiyalar» deb atagan. O'sha davrdagi Fan va texnika taraqqiyoti alohida yuqumli kasallikning quzg'atuvchisini aniq topish imkonini bermagan. Shu boisdan yana bir necha asrgacha bu kasalliklarni «tirik mavjudotlar quzg'atadi», degan fikr mavxum bo'lib qolavergan. XVII asrda golland tabiatshunosi Antoniy va Levenguk mikroskopni kashf etishi mikroblar dunyosini o'rganishda olamshumul ahamiyatga ega bo'ladi. Ana shu kashfiyotdan keyin ham ayrim mikroblar malum yuqumli kasallik quzg'atuvchisi ekani isbotlanguncha 2 asr muddat o'tdi. Shu davrdan ham ko'pgina yuqumli kasalliklar alohida nomga ega bo'lmay, umumlashtirgan holda «isitma kasalliklari» yoki bezgak deb atalardi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab patogen mikroblarning u yki bu yuqumli kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi ekanligi isbotlana boshlandi. 1875 yilda amebioz kasalligi quzg'atuvchilari, 1880 yilda esa bezgak va ich terlama, 1998 yilda leyshmanioz kasalligini quzg'atuvchisi aniqlandi. Bu tadqiqotlarga fransuz olimi Lui Paster (1822-1895), nemis olimi Robert Kox (1843-1910), rus olimlari I.I.Mechnikov (1845-1949), P.F.Borovskiy (1863-1932) salmoqli xissa qo'shdilar. I.Mechnikovni fagotsitoz nazariyasi ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.56 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.56 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:59 ]
Arxiv ichida: doc