Yuqumli kasalliklar, infeksiyaning tarqalishi va oldini olish. Immunitet REJA: 1.Yuqumli kasalliklar haqida tushuncha. 2.Infeksiya va uning tarqalish yo'llari. 3.Endemiya.Epidemiya.Pandemiya. 4.Immunitet. 5.Dezinfeksiya.Dezinsekstya.Deratizasiya. 6.Gigiyena, sanitariya, epidemiologiya. 7. Sanitariya-epidemiologiya markazi. Yuqumli kasalliklar haqida tushuncha. Odam organizmiga ko'zga ko'rinmaydigan mikroorganizmlaming kirishi (yuqishi) natijasida yuzaga keladigan hastaliklar yuqumli kasallik deyiladi. Yuqumli kasalliklarning turi juda ko'p bo'lib, ularning har birini maxsus mikroblar (bakteriyalar), viruslar, rikketsiyalar, spiroxetalar, zamburug''lar va boshqa mikroorganizmlar qo'zg'atadi. Yuqumli kasallikni qo'zg'atuvchi (yuzaga keltiruvchi) mikroorganizmlarning hammasini birlashtirgan holda infeksiya deyiladi. Shu bois, yuqumli kasallikning ikkinchi nomi infeksiyon kasallikdir. Infeksiyon kasalliklarni qo'zg'atuvchi (yuzaga keltiruvchi) mikrob (bakteriya) larning 100 dan ortiq, viruslarning 200 dan ortiq turlari borligi aniqlangan. lnfeksiyaning tarqalish yo'llari. Yuqumli kasalliklarni qo'zg'atadigan infeksiyon agentlar (mikrob, virus zamburug'', rekketsiya, spiroxeta, plazmodiy va boshqalar) quyidagi yo'llar orqali odamga yuqadi: zararlangan havo (nafas a'zolari) orqali: gripp, sil, bo'g'ma, qizamiq, nizomiq va boshqa kasalliklar; zararlangan suv, oziq-ovqat, idish-tovoq, yuvilmagan qo'l bilan ta'omlarni iste'mol qilish orqali: qorin tifi, salmonellyoz, ichburug' (dizenteriya), yuqumli gepatitni A turi, gijja tuxumlari yuqadi; odam tanasi jarohatlanganda, ya'ni teri kesilganda, qirilganda, kuyganida havo, suv, tuproqdagi, zararlangan buyumlardagi mikrob va viruslar terining jarohati orqali odam tanasiga kirish tufayli qoqshol, saramas, kuydirgi kasalliklari yuqadi; jinsiy yo'l orqali OIV, zaxm, so'zak kasalliklari yuqadi; kasallik yashirin kechayotgan bemor odamdan olingan qon yoki uning zardobi davolash maqsadida boshqa odamga quyilganda (OIV, gepatit B,C turlari) yuqadi; - bir bemorga ishlatilib chala sterillangan yoki umuman sterillanmagan shprits, igna va boshqa tibbiy asboblar, sartaroshlik asboblarini boshqa odamga ishlatish tufayli OIV, gepatit B,C va boshqa kasalliklar yuqadi; - kasallangan hayvon va parranda mahsulotlarini yaxshi ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:31:25
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.81 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:31 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.81 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:59 ]
Arxiv ichida: doc