Yuqumli kasalliklarda shoshilinch holatlar

Yuqumli kasalliklarda shoshilinch holatlar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Yuqumli kasalliklarda shoshilinch holatlar - rasmi

Material tavsifi

Yuqumli kasalliklarda shoshilinch holatlar Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ma'ruzachi: t.f.n., dotsent Karimova M.T. Karaxtlik Karaxtlik - bu bosh miya faoliyati buzulishining birinchi bosfichi hisoblanadi. Bemorlarda tashqi muhitga befarqlik, savollarga tutilib javob berish, gaplarini noaniq chiqishi, savollarni tezda aniq tahlil qila bilish faoliyati susayadi. Deleriya Deleriya - karaxtlikka qaramaqarshi o'laroq bemorlarda es-xushning noaniq bo'lishi, psixomotor alaxsirash, galyutsinatsiyalar, mavxumiylik belgilari bilan namoyon bo'ladi. Bunda asosan bosh miya po'stloq qismi va po'stloq osti qismi zararlangan bo'ladi. Stupor Stupor - xafsalasizlik, harakatsizlik holati kuzatiladi. Bemorlarda tashqi ta'sirotlarga sezuvchanlik yo'qoladi, ammo es-xushi joyida bo'ladi. Sopor Sopor - prekoma, bog'lanib qolish hissiyoti, notinchlik, yarim koma holati sanaladi. Bunda bemorlar es-xushi noaniq, ammo kuchli tashqi ta'sirlarga (yorug'lik, shovqin, og'riq va x.k.) sezuvchanlik saqlangan holda bo'ladi. Ayrim xollarda oddiy savollarga qiynalib javob berishga harakat qiladilar, yutinishi saqlangan. Beixtiyoriy peshob ajralishi kuzatiladi. Bu holatda bemorlarda boshqa ichki a'zolar faoliyatida kuchli patologik o'zgarishlar kuzatilishi mumkin bo'ladi. Karaxtlik (shok) Karaxtlik (shok) - bu yurak - qon tomirlar faoliyatining keskin yetishmovchiligi natijasida mikrotsirkulyatsiyaning buzilishi barobarida to'qima va a'zolarning qon bilan ta'minlanishining yetishmovchiligi hisobiga ichki a'zolardagi destruktiv o'zgarishlarga olib keliuvchi holatdir. Kasalliklarning etiologiyasi va patogeneziga ko'ra karaxtlikning quyidagi turlari farqlanadi: 1) gipovolemik, 2) neyrogen, 3) septik, toksik 4) kardiogen, 5) anafilaktik. Karaxtlikka xos klinik belgilar arterial qon bosimining tushib ketishi oliguriya ruhiyatdagi o'zgarishlar laktatsidoz GIPOVOLYeMIK KARAXTLIK Uning asosini quyidagilar tashkil etadi: -qon ketishi hisobiga tanada qon miqdorining kamayishi (ichki a'zolarda va teridan tashqaridagi jarohatlardan); -tanadan suyuqlikning ko'p miqdorda kamayishi (degidratatsiya), bemor ko'p qayt qilganida va ich ketishi ko'p ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 8.4 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:59 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 8.4 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga