Yurak aortal illatlari

Yurak aortal illatlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Yurak aortal illatlari - rasmi

Material tavsifi

Yurak aortal illatlari Reja: Etiologriya va patogenezi yoritish Klassifikatsiya va klinika Tanaffus Bemorni ko'rsatish Laborator-instrumental diagnostika Davolash va profilaktika Xulosa . YuRAK AORTAL ILLATLARI ma'ruza maqsadi. Talabalar quyidagilarni aniqlay olishlari va baholay bilishlari lozim: Aorta qopqog'i nuqsonlarini sodir qiluvchi sabablarni aniqlash. Aorta qopqog'i yetishmovchiligi yoki stenoziga bevosita taalluqli belgilarni aniqlash. Aralash nuqsonda ustunlik qiluvchi illat turini topish. Aorta qopqog'i nuqsonlarida kuzatiladigan asoratlarni belgilash. Chap qorincha o'tkir yetishmovchiligida - yurak astmasi va o'pka shishida tez tibbiy yordamni tayinlash. Aorta qopqog'i yetishmovchiligi. Mavzu mazmuni ta'rifi. Aorta qopqog'i yetishmovchiligida shikastlangan yarimoysimon qopqoq aorta teshigini to'liq yopmaydi va dia stola davrida qonning bir qismi orqaga - aortadan chap qorinchaga qaytib tushadi. tarqalishi. Mazkur illat tarqalishi bo'yicha mitral nuqsonidan so'ng ikkinchi o'rinda turadi va aorta stenoziga qaraganda 5 marta ko'p uchraydi; erkaklarda ayollarga nisbatan 10 marta ko'p kuzatiladi. Aorta qopqog'i yetishmovchiligi ko'pincha mitral illati bilan birga uchraydi, sof xoldagi turi esa revmatik nuqsonlar orasida 1,5 foizni tashkil qiladi. Etiologiyasi. Aorta qopqog'i yetishmovchiligi quyidagi sharoitlarda yuzaga keladi. Organik o'zgarishlar. (Qopqoqning burishib bujmayib qolishi, qopqoq pay tomirlarining qisqarishi). Revmatizm. Aorta qopqoq yetishmovchiligi malum darajada yurakning revmatik nuqsonlariga chalingan bemorlarda uchraydi. Mitral stenozi tarqalishi bo'yicha ustunlik qiladi, lekin aorta yetishmovchiligi juda og'ir revmatik endokardit bilan kuzatiladi. Infeksionli endokardit. Aorta qopqog'ining bitta yoki bir nechta tavaqalari shakli o'zgarishi yoki perforatsiyasi (yorilishi) bilan asoratlanadi. Aorta og'zining qatlamlanishi. Aorta o'rta qavatining keskinlashuvchi nekrozi intimani qatlam-qatlam bo'lib ko'chishiga va aorta og'zining qatlamlarga ajralishga olib kelishi mumkin. Zaxm aortiti: aorta qopqog'i tavaqasining ayrilishini va aorta yetishmovchiligi rivajlanishini chaqiradi. Kollagenozlar aorta qopqog'i yetishmovchiligiga olib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.55 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 05:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.55 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga