Yurak glikozidlari

Yurak glikozidlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Yurak glikozidlari - rasmi

Material tavsifi

Yurak glikozidlari Mavzu: Yurak glikozidlari o'simliklardan olinadigan, yurakka tanlab ta'sir ko'rsatadigan, turli etiologiyadagi miokard distrofiyalari va yurak qon tomir yetishmovchiligini davolashda qo'llaniladigan murakkab organik moddalardir. Yurak glikozidlari kimyoviy tuzilishi jihatidan bir-biriga yaqin ikki qismdan, qandsiz - aglikon va qandli - glikondan iborat. Kandsiz (aglikon) glikozidlarning asosiy kardiotrop ta'sir etuvchi qismi bo'lib, dori vositasini ta'sir kuchi, ta'sir mexanizmini yani farmakodinamikasini ta'minlaydi. Qandli (glikon) qism yurak glikozidlarning so'rilishini, eruvchanligini, hujayralar membranalaridan o'tishini, biologik faolligini yani dori vositasini farmokokinetikasini ta'minlaydi. Yurak glikozidlarining asosiy ta'sir mexanizmi: yurak glikozidlarining kardiotonik ta'siri kardiomiotsit membranasidagi natriy, kaliy-ATFaza fermentini bloklashi bilan bog'lik. Natijada hujayra ichiga katta miqdorda natriy ionlari kirishiga va kaliy ionlari chikib ketishiga olib keladi. Bunga javoban sarkoplazmatik retikulumdan qo'shimcha kaltsiy ionlari ajraladi, hamda kaltsiy kanallari orqali erkin kaltsiy hujayra tashqarisidan hujayra ichiga kiradi. Kaltsiy ionlari o'z navbatida miokard qisqaruvchanligini tormozlovchi oqsil - troponin ta'sirini bartaraf qiladi va miokard qisqarishi uchun kerak bo'lgan ATF hosil bo'ladi. Aktin hamda miozin bog'lari qisqaradi, natijada sistola kuchi ortadi, davomiyligi qisqaradi. Yurak glikozidlarining asosiy farmakologik effektlari: 1. Musbat inotrop ta'sir - sistolik xajmni ortishi, muddatini qisqarishi. 2. Musbat tonotrop ta'sir - miokard muskullarining umumiy tonusini oshiradi. 3. Manfiy xronotrop ta'sir - ushbu ta'sir natijasi yurakning dam olish vaqti - diastolik davri uzayadi. Yurak muskullari to'liqroq bo'shashib, diastola vaqtida chap bo'lmachadan chap qorinchaga qonning ko'proq miqdorda o'tishiga olib keladi. 4. Manfiy dromotrop ta'sir -AV tugundan qorinchalar muskuliga kelayotgan impulslarni kamaytirishi natijasida bo'lmachalar bilan qorinchalar sistolasi orasidagi vaqt qisman uzayadi. Bu esa o'z navbatida qonning bo'lmachalardan qorinchalarga to'liqroq o'tishiga sabab bo'ladi. 5. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 522.32 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 05:00 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 522.32 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga