Yurak mushagi quzg'aluvchanlik, qisqaruvchanlik, o'tkazuvchanlik faoliyatiga va avtomatizmiga ta'sir qiluvchi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi Reja: 1. Yurak glikozidlarining klinik farmakologiyasi 2. Yurak ritmining buzilishi (aritmiya)ga qarshi dori vositalarining klinik farmakologiyasi Amaliyotda yurak muskullarining qo'zg'aluvchanlik, qisqaruvchanlik, o'tkazuvchanlik va avtomatizm faoliyatlarining buzilishi yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, miokard infarqti, miokarditlar, kardiopatiyalar, yurak qopqoqchalarining kasalliklari, miokard distrofiyalari va xafaqon kasalligi, nafas yo'llarining surunkali kasalliklari, gipertireoz, qandli diabet, buyrak kasalliklari - ikkilamchi gipertoniyada kuzatiladi. Bu guruhdagi dorilar asosiy kasallikning klinik belgilari: yurak yetishmovchiligi (yoki qon aylanishi yetishmovchiligi) hamda aritmiyalar paydo bo'lgan holatlarda qo'llaniladi. 1. YURAK GLIKOZIDLARINING KLINIK FARMAKOLOGIYASI Yurak glikozidlari dorivor o'simliklardan olinadigan dori preparatlari bo'lib, ular ikki qismdan: glikon (qandli) va aglikon (qandsiz) qismdan tashkil topgan bo'ladi. Glikon qismi yurak glikozidlarining farmakokinetikasini, aglikon qismi esa uning farmakodinamikasini belgilaydi. Glikon qismining xususiyatlariga qarab, yurak glikozidlari 2 guruhga: 1) suvda yaxshi eruvchilar va 2) yog'da yaxshi eruvchilarga bo'linadi. Aglikon qismining xususiyatlariga qarab esa 2 guruhga: 1) kuchli inotrop hamda kuchsiz xronotrop (bradikardiya chaqirish xususiyati) ta'siriga ega bo'lgan, 2) kuchli xronotrop hamda kuchsiz inotrop ta'sirga ega bo'lgan guruhlar farqlanadi. Farmakodinamikasi. Yurak glikozidlari ichki digitalis (kardiodiginlar)larga o'xshash ta'sir qiladi. Sarkomadagi Na+, Q! - ATFazasini falajlaydi. Buning natijasida hujayra ichidagi natriy miqdorining ko'payishi, kalsiy miqdorining ortishi kuzatiladi. Kalsiy aktomiozini tropomiozin depressiyasini yo'Qotadi, miozin - ATF azasini faollaydi, bu esa mioFibrillar qisqarish kuchini oshiradi, ya'ni musbat inotrop samara chaqiradi. Yurak glikozidlarining bu ta'siri Na+, K+ - ATFaza taxminan 35%ga falajlanganda kuzatilsa, bu ferment faolligi 60% ga Falajlanganda zaharlanish belgilari kuzatiladi. Yurak glikozidlari hujayra ichidagi kaliyga ham ta'sir qiladi, ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:35:48
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.75 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 05:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:35 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.75 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 05:00 ]
Arxiv ichida: doc