Yurak qon - tomir tizimi kasalliklari. Yurak poroglari. Gipertoniya kasalliklari, gipertoniya krizi

Yurak qon - tomir tizimi kasalliklari. Yurak poroglari. Gipertoniya kasalliklari, gipertoniya krizi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Yurak qon - tomir tizimi kasalliklari. Yurak poroglari. Gipertoniya kasalliklari, gipertoniya krizi - rasmi

Material tavsifi

Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari. Yurak poroglari. Gipertoniya kasalliklari, gipertoniya krizi Reja: Yurak va qon-tomir kasalliklari haqida umumiy ma'lumot. Yurak nuqsonlari haqida ma'lumot. Gipertoniya kasalliklari va uning etiologiyas, klinikasi, davosi va oldini olish. Gipertonik kriz va unda birinchi yordam. K I R I SH Ichki kasalliklar haqidagi fan asosiy klinik fanlardan bo'lib, ichki organlar kasalliklarini o'rganadi. Kasalliklarni davolashga kirishishdan oldin ularning kelib chiqishi sabablarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Biologiya fani ta'limotiga ko'ra, organizm tashqi muhit bilan chambarchas bog'langan. Demak, o'zgartirib javob bera olish qobiliyati demakdir. Organizmning reaktivligida nerv sistemasi, birinchi navbatda bosh miya po'stlog'i alohida o'rin tutadi. Kasallikning ro'yobga chiqishida organizmning xususiy reaktivligi (individual reaktivligi) katta ahamiyatga ega. Ba'zi hollarda bir kasallikning o'zi turli organizmda turlicha alomatlar (simptomlar, belgilar) bilan o'tadi. Masalan zotiljam, bir bemorda yo'talish, balg'am ko'chishi, nafas olishning qiyinlashuvi bilan kechsa, boshqasida bu belgilar bo'lmasligi, bemor faqat bosh og'rig'i bilan, ishtahasi yo'qligidan shikoyat qilishi mumkin. Bir bemor jotiljamdan halok bo'lishi, boshqasi esa uni oyoqda yurib, yengil-yelpi o'tkazib yuborishi mumkin. Bu hodisa organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyatiga va kasallikdan himoyalanish kuchiga bog'liq. Kasallikning avj olishi esa, uni keltirib chiqargan sabab (etiologiya)ga bog'liq. Kasallik sababini aniqlash uni oldini olish, to'g'ri diagnoz qo'yish va davolashda katta ahamiyatga ega. Bu haqda I.P.Pavlov shunday degan edi: «Kasallikning kelib chiqish sababini aniqlash ning oldini olish va tarqalib ketishga yo'l qo'ymaslik demakdir». Kasallikning kelib chiqish sababi 2 xil: 1) tashqi muhit faktorlari ta'sirida kelib chiqadigan kasallik sabablari-endogen sabablar. Ekzogen sabablar bir necha xil: mexanik sabablar (yaralanish, travmatizm va boshqalar), fizik sabablar (organizmga elektron toki ta'sirida), ximiyaviy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.44 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 05:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.44 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga