Yurak qon-tomirlar tizimi Reja: Mikrotsirkulyator tomirlar sistemasi. Vena tomirlari. Limfa tomirlari. Yurak-tomirlar sistemasi yurak, qon va limfa tomirlarini o'z ichiga olib, qon bilan ozuqa moddaluari, gaz, biologik aktiv moddalar, metabolizm mahsulotlarini tashiydi, va shu tufayli -organizmdagi turli a'zolarning struktur-funksional aloqasini ta'minlaydi, a'zo va sistemalarning faoliyatini optimallashtiradi. Qon tomirlari. Qon tomirlari - bir-biri bilan bog'langan turli diametrli naylardan iborat bo'lib, ular transport funksiyasini bajaradi, a'zolarning qon bilan ta'minlanishi va modda almashinuvi, organizmning immun holatini boshqaradi. Taraqqiyoti. Ilk tomirlar sariqlik xaltasi devori yoki xorionda (homiladan tashqari) mezenximadan taraqqiy etadi. homila tanasida ilk tomirlar va qon shaklli elementlari ham mezenximadan hosil bo'ladi. Dastlab ular naycha yoki tirqishli tuzilmalar ko'rinishida bo'lib, so'ngra birlashib tomirlarni hosil qiladi. Klassifikatsiyasi. Arteriyalar, arteriolalar, kapillyarlar, venulalar, venalar va arteriolo-venulyar anastomozlar farq qilinadi. Mikrotsirkulyator tomirlar sistemasi arteriyalar va venalar, turli a'zolardagi to'qima hujayralari va hujayralararo modda o'rtasidagi aloqalarni ta'minlaydi. Yurak, arteriya va venalar devori 3 qavatdan iborat: ichki (tunica intima), o'rta (tunica media) va tashqi (tunica adventitia). Yurak-tomirlar sistemasi tarkibiga kiruvchi har bir a'zoning struktur-funksional xususiyatlari qon bosimi, qonning harakat tezligi, metabolik xususiyatlariga bog'liq. Arteriyalar. Klassifikatsiyasi. Tuzilishi xususiyatlariga ko'ra: Elastik Mushak Mushak-elastik turdagi arteriyalar farqlanadi. Elastik tipdagi arteriya - aorta, o'pka arteriyasi. Odamda ushbu tomirlarda qoning bosimi 100 mm rt st., qon harakat tezligi 0.5-1.3 ms atrofida. Devorida elastik tuzilmalarning juda yaxshi rivojlanganligi yurak qisqarganda aorta devorining kengayishi va keyinchalik qon zarbini pasaytirish imkonini beradi. Aortaning ichki pardasi: a) endoteliy (endothelium); b) subendoteliy (stratum subendothelium) va v) elastik tolalar chigali (plexus fibroelasticus) qavatlaridan iborat. Endoteliotsitlar - uzunligi 500 va qalinligi ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:35:48
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.68 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 05:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:35 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.68 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 05:00 ]
Arxiv ichida: doc