Yurak va ingichka ichak meridianlari tavsifi, qo'llashga ko'rsatmalari

Yurak va ingichka ichak meridianlari tavsifi, qo'llashga ko'rsatmalari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Yurak va ingichka ichak meridianlari tavsifi, qo'llashga ko'rsatmalari - rasmi

Material tavsifi

Yurak va ingichka ichak meridianlari tavsifi, qo'llashga ko'rsatmalari. V. YURAK MERIDIANI (C) Meridian funksional tizimiga xususan yurak, qon tomirlar, ruhiy faoliyat, oliy po'stloq funksiyalari kiradi. Meridian juft, simmetrik bo'lib, in tizimiga mansub. Energiya harakati - markazdan qochuvchi. Energiyani RP meridianidan olib ingichka ichak meridianiga uzatadi. Eng faol davri - soat 11 dan 13 gacha. Meridianda 9 nuqta bor. Meridianning ichki yo'li ikkiga shoxlanadi. Shulardan biri yurak-tomirlar tutami o'rtasidan boshlanib, so'ngra, pastga yo'nalib, diafragmadan o'tib ingichka ichak bilan bog'lanadi. Boshqa shoxi yurak-tomirlar tutamidan yuqoriga ko'tarilib traxeya yon yuzasidan tomoq, hiqildoq orqali o'tib ko'z tutami bilan bog'lanadi. Meridian ichki yo'lining asosiy qismi yurak-tomir tutami o'rtasidan boshlanib, o'pkalardan o'tib qo'ltiqosti sohasidan tashqariga chiqadi, ta'sir etish uchun shu joydan boshlab imkon tug'iladi. Meridianning tashqi yo'li 3-qovurg'alararo oraliqda oldingi aksillyar chiziqda oldingi qo'ltiqosti burmasida C-1 (szi-syuan) nuqtasidan boshlanib, yuqoriga kichikroq yoy hosil qilib buriladi. So'ngra yelkaning ikki boshli mushagi ichki qirrasidan, tirsak bo'g'imi burmasini kesib o'tib, bilakning tirsak qirrasidan davom etib, no'xatsimon suyakni radial tomondan aylanib o'tib, 4- va 5-kaft suyaklari orasidan o'tib jimjiloq barmoqning oxirgi falangasida bilak suyagi tomonidan tirnoqqa 0,3 sm yetmasdan C-9 (shao-chun) nuqtasida tugaydi. Qo'llashga ko'rsatmalar: Yurak sohasidagi og'riqlar, aritmiyalar, bosh og'rig'i, miya qon aylanishi yetishmovchiligidagi bosh aylanishi, ko'krak og'riqlari, qovurg'alararo nevralgiya, jigar va o't pufagi kasalliklari belgilarida, qo'lning old-ichki yuzasi og'riqlari, qo'rquv, ichki bexalovatlik, xotira pasayishi, isteriya, epilepsiya, psixozlar, ishtaha susayishi, jigar, qalqonsimon bez faoliyatlarining susayishi. Standart nuqtalar: 1. Tonuslovchi nuqta - C-9 (shao-chun) - qo'l 5-barmog'ining oxirgi falangasida bilak suyagi tomonidan tirnoqqa 0,3 sm yetmasdan joylashgan nuqta. Bu nuqta ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 245.53 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 05:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 245.53 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga