Yurak va qon tomirlar tizimi

Yurak va qon tomirlar tizimi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Yurak va qon tomirlar tizimi - rasmi

Material tavsifi

Yurak va qon tomirlar tizim Reja: Yurak tomirlar tizimi, morfofunksional tavsifi. Qon tomirlari, turlari, gemodinamik sharoitlar, tomirlarning tuzilish prinsiplari. Arteriyalar, turlari, pardalarining tuzilishlari. Mikrotsirkulyator oqim tomirlarining tuzilishi. Gemokapillyarlar, turlari, arteriovenulyar anastomozlar. Venalar, turlari, tuzilishi. Tomirlar taraqqiyoti, yoshga ko'ra o'zgarishlari. Limfatik tomirlar turlari, tuzilishi. Yurak, uning kameralari va devorlari. Endokard, yurak klapanlari. Miokardning mikroskopik tuzilishi. Miokard, kardiomiotsitlar, turlari. Yurak taraqqiyoti, yoshga ko'ra o'zgarishlari. Chaqaloq yuragi xususiyatlari. TMI: Yurak klapanlari va ularning tsitofiziologiyasi. Yurak va tomirlar sistemasi organizmni qon bilan ta'minlaydi, qon orqali azo va to'qimalarga har xil ozuqa moddalar, kislorod va biologik faol moddalarni yetkazib beradi, shu bilan birga organizmda modda almashinish natijasida hosil bo'lgan keraksiz mahsulotlarini va gazlarni olib chiqishda xizmat qiladi. Bu sistemaga qon va limfa tomirlari, yurak kiradi, Qon tomirlariga arteriyalar, arteriolalar, qon kapillyarlari gemokapillyarlar, venulalar, venalar va arteriola - venullyar anostomozlar kiradi, Arteriyalarda odatda kislorodga boy bo'lgan qon bo'lib o'pka arteriyasi bundan mustasno, u yurakdan a'zolarga qarab oqadi, Venalar orqali qon yurakka oqib keladi. O'pka venasidan tashqari xamma venalardagi qonda kislorod kam bo'ladi. Gemokapillyar arteriya va vena qon tomirlar o'rtasida joylashadi. Bazan ular ikkita har xil tomirlar o'rtasida bo'lishi ham mumkin. Bunday joylashish kapillyarning ajoyib to'ri deb ataladi masalan, buyrak koptokchalari, jigar va boshqalarda shunday. A r t e r i ya l a r. Devorning tuzilishiga qarab elastik, mushak va mushak elastik tipida bo'ladilar. Barcha arteriyalarning devori umuman bir xilda tuzilgan bo'lib, ularda uch qavat tafovut qilinadi: 1. Ichki parda 2. O'rta parda 3. Tashqi parda. Turli pardalarning tuzilishi va qalinligi tananing turli joylardagi tomirlarda har ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.06 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 05:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.06 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga