Yuz-jag' sohasida uchraydigan anomaliya va deformatsiyalar Reja: Yumshoq va qattiq tanglay hamda yuqori labning tug'ma nuqsonlari. Tish-jag' anomaliyalari va deformatsiyalari. Yuz-jag' sohasi travmatik jarayonlari. Yumshoq va qattiq tanglay hamda yuqori labning tug'ma nuqsonlari. Odam organizimining yuz va jag' sistemasi embrional rivojlanishining buzilishi natijasida yuzaga keluvchi nuqsonlardan biri lab va tanglayning to'liq rivojlanmay qolishidir. Hozirda rivojlangan davlatlardagi tug'ilayotgan har 500-600 inchi chaqaloqda yuqori lab, yoki tanglay yorig'ini kuzatishimiz mumkin. Ushbu patologiyaning tarqalganlik darajasi turli hududlarda turlichadir, yer yuzidagi eng rivojlangan mamlakat hisoblangan Yaponiyada ushbu ko'rsatkich eng yuqori bo'lsa, Afrikaning tropik o'lkalarida yashovchi qara tanli aholi orasida eng past darajada ekanligini ko'rsatmoqda. Tanglay va labning tug'ma nuqsonlari yuz skeleti va yumshoq to'qimasining to'liq rivojlanmay qolishi natijasida yuzaga keladi. Ma'lumki, lablar embrional davrining 5 chi xaftasida chap va o'ng burmalar birlashuvi hisobidan shakllana boshlaydi. 8-chi xaftada esa, tanglay o'simtalari birlashib bo'ladi. Og'iz bo'shlig'i shakllanib bo'lgach, burun bo'shlig'i shakllana boshlaydi. Binobarin, homiladorlikning birinchi ikki oyligida embrion to'qmalarida namoyon bo'luvchi noxush o'zgarishlarni xarakteriga qarab, patologiyalar lablarning qisman nuqsonidan tortib, hattoki butun yuz skeletining to'liq yoriqli (birlashmay qolish) nuqsonigacha olib kelishi mumkin36. 12-rasm. Tanglay va yuqori labning kesishgan tugma nuqsoni. 36 13-rasm. Labning tugma nuqsoni. Nuqson qanchalik katta bo'lsa, funksional o'zgarishlar shunchalik darajada chuqurlashib boraveradi (ovqatni og'iz orqali qabul qilish, suyuqliklarni simirish, so'rish, puflash, og'izga havo dimlash, nafas olish, so'zlashuv nutqi va eshitish qobiliyati). Hozirgi statistik ma'lumotlar, bolalardagi har uch nuqsonning bittasi burun bo'shlig'i germetizmining buzilishi bilan kechishini ko'rsatmoqda. Bunday buzilish yevstaxiyev havo yo'lining o'tkazuvchanlik darajasini buzilishi va eshitish qobiliyatining o'zgarishi bilan davom etadi. Bunday nuqsonli ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:35:48
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
282 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 05:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:35 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
282 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 05:01 ]
Arxiv ichida: docx