Zaharlanishda birinchi tibbiy yordam

Zaharlanishda birinchi tibbiy yordam

O'quvchilarga / Tibbiyot
Zaharlanishda birinchi tibbiy yordam - rasmi

Material tavsifi

Zaharlanishda birinchi tibbiy yordam Zaharlanish - o'tkir kasallik kabi boshlanib, organizmga kimyoviy moddaning toksik ta'siri natijasida yuzaga keladi. Zaharlanishning quyidagi turlari bir-biridan farq qiladi: a) maishiy (alkogolli, tasodifiy, qasddan); b) ishlab chiqarishdagi; v) bolalardagi; g) tibbiy; d) biologik; e) ovqatdan. Oziq-ovqat moddalari bilan zaharlanganda oshqozonni zond orqali 18-20ºC haroratdagi 12-15 l suv bilan (har bir porsiyasi 300-500 ml bo'lishi kerak) yuvish lozim. Ilon chaqqanda, teri ostiga yoki muskul orasiga toksik modda tushganda 6-8 soatga o'sha joyga sovuq qo'yiladi, 0,3 mg 0,1 % li adrenalin eritmasi, ilon chaqqan joyning yuqorisiga esa novokain blokadasi qilinadi. Ingalyatsion zaharlanishda zaharlangan kishini toza havoga olib chiqib, nafas olish yo'lini kislorod bilan ingalatsiya qilish lozim. Teriga toksik modda tushganda terini oqar suvda yuvib tashlash kerak. Toksik modda to'g'ri ichakka, qinga, siydik pufagiga yuborilganda ularni klizma, sprinsirovka va kateterizatsiya qilish lozim. Toksik moddani qon aylanish sistemasidan chiqarish uchun siydik haydovchi vositalar qo'llab, diurezni forsirlashdan foydalaniladi. O'tkir zaharlanishdagi asosiy patologik sindromlar. Nevrologik o'zgarishlar turli-tumanligi bilan farq qiladi, bu markaziy va periferik asab tizimi strukturasiga bevosita toksik ta'sir natijasida hamda zaharlanganning boshqa a'zolari (jigar va buyrak) funksiyalarining buzilishi hisobiga bo'ladigan intoksikatsiyalar natijasida kelib chiqadi. Eng og'ir psixonevrologik o'zgarishlarga intoksikatsion psixoz, toksik koma, tirishish sindromi kiradi. Yurak-tomir faoliyatining buzilishi bu toksik shok bo'lib, u arterial bosimining birdaniga pasayishi, teri oqarishi, taxikardiya, hansirash, qon tarkibining o'zgarishi bilan kechadi. Yurakka birlamchi ta'sir qiluvchi zaharli moddalar bilan zaharlanganda, yurak ritmi, uning o'tkazuvchanligi buzilishi kuzatiladi va kollaps rivojlanadi. Nafas olishning buzilishi quyidagi ko'rinishda bo'lishi mumkin: 1) aspiratsion-obturatsion shakli. Bu tilning orqaga ketishi va qusiq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.01 MB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 05:01 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.01 MB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga