Zaharli, narkotik va gangituvchi moddalarni biologik obyektdan qutbli erituvchilar yordamida ajratib olish, xususiy usullari Reja: Sulfat kislota bilan nordonlashtirilgan suv yordamida ajratish usuli. Barbituratlarni xlorid kislota bilan nordonlashtirilgan suv yordamida ajratib olish Barbituratlarni qon va peshobdan ajratib olish. Barbituratlar - uyqu chaqiruvchi dorilar sifatida katta toksikologik ahamiyatga ega, ular bilan zaharlanish tez-tez uchrab turadi. Barbituratlar - barbitur kislotasi hosilasi bo'lib, CH2 guruhdagi yoki azot atomidagi vodorodlar o'rniga turli radikallar almashinishi bilan ularning yangi vakillarini sintezlash mumkin. Barcha barbituratlar (tiopental natriydan tashqari) qattiq kristall moddalar bo'lib, hidsiz, achchiq tamli, efirda yaxshi, xloroform va spirtda yomonroq, suvda esa yomon eriydi. Shuning uchun barbituratlarni efir bilan ekstraksiyalash yaxshi natija beradi. Barbituratlar yuqori haroratda quruq haydaladi. Olingan kristallari esa ayrim barbituratlar uchun xarakterli bo'ladi. Barbituratlarni bu xossalariga asoslanib, ularni bioobyektlardan ajratishda bir necha usullar tavsiya etilgan. Barbituratlarni ajratib olishda uzoq vaqt alkaloidlarni ajratish usullaridan foydalanib kelingan. Oxirgi yillarda barbituratlarni ajratish uchun quyidagi xususiy usullardan foydalaniladi. 1. Sulfat kislota bilan nordonlashtirilgan suv yordamida ajratish usuli. Bu usulni Kromarenko va Popovalar yaratganlar. rN 2-3 sharoitda Kromarenko usulida olingan nordon ajratma tsentrofugalangach, yot moddalardan gel-xromatografiya usulida tozalanadi. Sorbent sifatida G-25 va G-50 markali sefadekslar qo'llaniladi. Bunda yuqori molekulali yot organik moddalar sefadeks g'ovaklariga shimilmay o'tib ketadi, barbituratlar esa g'ovaklarga shimilib, sefadeksda qoladi, so'ng sefadeks sulfat kislota bilan yuvib olib, elyuant xloroform bilan ekstraksiyalanadi va barbituratlarga tekshiruv olib boriladi. 2. Barbituratlarni xlorid kislota bilan nordonlashtirilgan suv yordamida ajratib olish. Ushbu usulni Grusts-Xardi taklif etgan (benzonal uchun). obyekt xlorid kislota bilan nordonlashtiriladi, ajratma sulfat ammoniy bilan to'yintiriladi, xloroform va ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:35:48
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
90.86 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 05:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:35 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
90.86 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 05:01 ]
Arxiv ichida: doc