Zararli odatlar va ularni oldini olish

Zararli odatlar va ularni oldini olish

O'quvchilarga / Tibbiyot
Zararli odatlar va ularni oldini olish - rasmi

Material tavsifi

Zararli odatlar va ularni oldini olish Reja: 1.Chekish va uning organizmga ta'siri 2.Spirtli ichimliklarni istemol qilishning ogranizmga ta'siri 3.Giyohvand moddalarning organizmga ta'siri 4.Zararli odatlarni oldini olish choralari. Pedagog va tarbiyachilarning mehnat jarayoni bolada yaxshi, foydali odatlarni shakllantirishga yo'naltirilgan. Odatlar ongsiz ravishda ketmaket bajariladigan harakatlar yig'indisidir. Ular ta'lim va tarbiya davomida shakllanadi. Yoshligida shakllangan malakalar umr bo'yi saqlanadi. Shuning uchun ota-ona va tarbiyachilar yoshligidan bolalarni yaxshi odatlarga o'rgatishzarur. Odatlar fel-atvor zaminida yotadi. Foydali odatlar jismoniy, aqliy va ma'naviy salomatlikni ushlab turish uchun xizmat qiladi. Foydali odatlarga intizomli bo'lish, ozoda qiyinish, qattiq gapirmaslik, kerakli narsalarni tayinli joyga qo'yish va boshqalar kiradi. Doimo bilim darajasini oshirish, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug'ullanish, bo'sh vaqtini o'qish, musiqa eshitish, teatrlarga borishlar bilan o'tkazish, uy ishlariga qarashish bolalarning ko'pchilikni o'rtasida hurmat-obro' qozonishi o'quvchi muvaffaqiyatlarining garovidir. Bu harakatlarning barchasi odamni jismoniy va ma'naviy boyitadi va garmonik rivojlangan shaxsni shakllanishiga yordam beradi. Sog'lig'iga, jamoat tartibiga salbiy ta'sir qiluvchi odatlar - zararli odatlardir. Ularga ratsional bo'lmagan kun tartibi, darsga tayyorlanmaslik, nafsni tiyib olmaslik va boshqalar kiradi. Zararli odatlar shaxsni jismoniy, aqliy va ma'naviy rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Eng xavfli odatlar guruhiga chekish, alkogol va giyohvand moddalar kiradi va ular inson sog'lig'iga katta ziyon keltiradi. Bu odatlar, asta-sekin o'quvchilar va talabalarning xulq-atvorini o'zgartirib, odamning hayotini barbod qilishi mumkin. Chekish va uning organizmga ta'siri. Yurak-tomir kasalliklarni keltiruvchi omillar orasida chekish uchinchi-to'rtinchi o'rinda turadi. Butun dunyo sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga qaraganda 20-25 yoshlarda har kuni 9 ta sigaret chekkan kishi o'z umrini 4,5 yilga, 10-15 sigaretni chekkan kishi esa o'z umrini 5,5 yilga qisqartiradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.28 KB
Ko'rishlar soni 159 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 05:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.28 KB
Ko'rishlar soni 159 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga