Zararli odatlarga qarshi kurashish Karimova Habiba tabiiy va aniq fanlar kafedrasining biologiya fani o'qituvchisi Kashandachilik, giyohvanlik, spirtli ichimliklar ichish inson salomatligining asosiy dushmanlardan biridir. Bu zararli odatlarning inson uchun nechog'li haloqat ekanini bilamiz. Xo'sh, nega unda chekish davom etmoqda? Ommaviy axborot vositalari tomonidan bularning zarari to'g'risida bir qancha ko'rsatuvlar, radio eshittirishlar, turli xil turkumdagi ko'rsatuvlar berilmoqda. Ammo buning oldini olish yoki unga qarshi kurashish qanchalik ko'p olib borilsa, shunga qaramay chekuvchilar soni yanada ortib bormoqda. Keling tamakining kelib chiqish tarixiga ozroq nazar solsak. Bu haqidagi qadimgi ma'lumotlar mashhur faylasuf Gerodotning asarlarida ham uchrashi aytib o'tilgan. Uning asarlarida tamaki dastlab Afrika qit'asida bo'lganligi aytib o'tilgan. Bu qit'a vakillari dastlab tamaki barglarini tutatib hidlab yurganlar. Keyinchalik bu odat tusiga kirib kelgan. Organizmda esa bu tamakiga nisbatan talab ortib boravergan. Keyinchalik kashandalik 1941-1942 yillarda Yevropamamlakatlariga kirib kela boshlagan. Tamaki tarkibidagi moddalar inson organizmidagi og'riqlarni vaqtincha to'xtatadi. Lekin, bu borada esa bunga o'rgana boshlaydi. Bora-bora inson organizmi bu zararli moddasiz tura olmaydigan darajada bo'lib qoladi. Mutaxassislarning statistik ma'lumotiga ko'ra rak kasalligi bilan og'rigan bemorlarning ko'p miqdorini chekuvchilar tashkil qilar ekan. Jumladan, yoshlar ayniqsa voyaga yetmaganlar orasida bu holat ko'p uchramoqda. 20-25 yoshgacha bo'lgan kishilar esa ko'pchilikni tashkil etmoqda. Eng achinarli holat esa maktab o'quvchilari orasida bu illatning uchrashi eng achinarli holdir. Tibbiyot xodimlarining ma'lumotiga ko'ra 100 ta o'pka sili bilan kasallangan bemorlarning 90-95 tasi kashandalar ekanligi aniqlandi. Onkologlarning xulosasiga ko'ra yoshlikda chekish, kashandalikka ruju qo'yish eng xavflidir. Ko'pchilik o'spirinlar kattalarga havas yoki taqlid qilib o'rganib qolmoqdalar. Ba'zi oilalarda ota-onalarning ham sigaret chekishlari sir ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:35:48
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.06 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 05:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:35 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.06 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 05:02 ]
Arxiv ichida: doc