Jigar. Me'daosti bezi. Ovqat hazm qilishning boshqarilishi

Jigar. Me'daosti bezi. Ovqat hazm qilishning boshqarilishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Jigar. Me'daosti bezi. Ovqat hazm qilishning boshqarilishi - rasmi

Material tavsifi

25- §. Jigar. Me'daosti bezi. Ovqat hazm qilishning boshqarilishi 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Jigar odam organizmidagi eng katta bez bo'lib, massasi o'rtacha 1500 g. U qorin bo'shlig'i o'ng tomonining yuqori qismida, ya'ni o'ng qovurg'alar yoyi ostida joylashgan. U ikki bo'lakdan iborat: o'ng bo'lagi o'ng qovurg'a yoyi ostida, chap bo'lagi qorinning yuqori qismida, ya'ni to'sh suyagi ostida joylashgan. Jigar hujayralari o't suyuqligi ishlab chiqaradi, bu suyuqlik o't pufagida to'planib, maxsus kanalcha orqali o'n ikki barmoq ichakka quyilib, ovqat tarkibidagi yog'larning hazm bo'lishida ishtirok etadi. Jigarda bir kecha-kunduzda 700-1200 ml o't suyuqligi ishlanadi. Jigarning muhim funksiyalaridan yana biri qonni zaharli moddalardan tozalashdir. Me'da-ichaklardan so'rilgan ovqat tarkibidagi zaharli moddalar qonga, vena orqali jigarga boradi va uning hujayralarida zararsizlantiriladi. Bundan tashqari, jigar oqsil va uglevodlar almashinuvida ham ishtirok etadi. Sariq kasalligiga chalingan odam jigari hujayralari Jigarning yuqumli sariq kasalligida uning hujayralari yallig'lanib, yemiriladi va undan ishlangan o't suyuqligi o'n ikki barmoq ichakka quyilmay, bevosita qonga o'tadi. Buning natijasida odamning ko'zi, tomog'ining shilliq pardalari va terisi sarg'ayadi. Me'daosti bezi odam tanasidagi barcha bezlar orasida hajm jihatidan jigardan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Uning massasi 70-80 g, qalinligi 3-4 sm, bo'yi 17 sm. U uch qismdan: bosh, tana va dumdan iborat. Bu bez qorin bo'shlig'ining yuqori qismida, o'z nomiga muvofiq, me'da ostida joylashgan. Me'daosti bezi funksiyasiga ko'ra aralash bez. Uning Langergans orolchalari deb ataluvchi qismining hujayralari insulin gormoni ishlab chiqaradi. Bu gormon bevosita qonga quyilib, organizmda qand almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Bezning ko'proq qismidagi hujayralardan ishlab chiqariladigan suyuqlik maxsus kanalcha orqali o'n ikki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 9.32 MB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:19 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 9.32 MB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga