16- §. Katta va kichik qon aylanish doirasi 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Arteriya va vena qon tomirlari, limfa aylanishi Qon tomirlarining tuzilishi. Qon tomirlari tanamizning hamma qismlariga tarqalgan. Ular arteriya, vena va kapillarlarga ajratiladi. Arteriyalar - yurak chap qorinchasidan chiqib, tananing hamma qismlariga qon olib boruvchi qon tomirlari. Arteriyalar sirtdan qalin va elastik biriktiruvchi to'qima bilan qoplangan. Biriktiruvchi to'qima ostida qalin silliq muskul va elastik tolalardan iborat o'rta qavat, uning ostida bir qator hujayralardan iborat yupqa ichki qavat joylashgan. Arteriyalar organlar va to'qimalarda ingichkalashib arteriolalar va kapillarlarni hosil qiladi. Kapillarlar devori bir qavat hujayralardan iborat. Kapillarlar odam sochiga nisbatan 50 marta ingichka bo'lib, barcha to'qimalar orqali o'tadi. Organlardan chiqadigan kapillarlar asta-sekin birlashib venalarni hosil qiladi. Venalar- qonni yurak bo'lmalariga olib keladigan qon tomirlari. Venalar devori ham arteriyalarga o'xshash uch qavatdan iborat, lekin yupqa bo'ladi. Yirik venalarda joylashgan klapanlar qonni faqat yurak tomonga oqishiga imkon beradi. Odam tanasida qon juda ko'p yirik va mayda qon tomirlar bo'ylab harakatlanadi. Yurakdan boshlanuvchi qon tomirlari, ularda qanday qon bo'lishidan qat'i nazar, arteriya qon tomiri, yurakka quyiluvchi qon tomirlari esa vena qon tomiri deyiladi. Bu qon tomirlar ikkita yopiq, ya'ni katta va kichik qon aylanish doirasini hosil qiladi. Bu qon aylanish doiralarining ikkalasi ham yurakdan boshlanadi va yurakda tugaydi. Katta qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan aorta deb ataluvchi katta arteriya qon tomiridan boshlanib, yirik, o'rta va mayda arteriya tomirlari orqali tananing barcha to'qima va organlarini arteriya qoni sifatida kislorod va oziq moddalar bilan ta'minlab, vena qoniga aylanadi hamda yuqorigi va ...

Joylangan
19 May 2024 | 16:27:39
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
9.56 MB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
19 May 2024 [ 16:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
9.56 MB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:21 ]
Arxiv ichida: pptx