Ko'payishning ahamiyati. Ko'payish organlarining tuzilishi

Ko'payishning ahamiyati. Ko'payish organlarining tuzilishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ko'payishning ahamiyati. Ko'payish organlarining tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

52- §. Ko'payishning ahamiyati. Ko'payish organlarining tuzilishi 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Ko'payish organizmlarning avlod qoldirish xususiyatidir. Organizmlar jinssiz va jinsiy ko'payadi. Jinsiy ko'payishda ota-ona organizmi qatnashadi. Ayol organizmida tuxumhujayra (ovotsit), erkak organizmida urug'hujayra (spermatozoid) hosil bo'ladi. Ushbu jinsiy hujayralarning yadrosida xromosomalarning toq (gaploid) to'plami mavjud. Ikki xil jinsiy hujayralarning qo'shilishi natijasida bitta yangi organizm hosil bo'ladi. Ikkita organizmning irsiy moddasi (genomi) qo'shilganligi uchun hosil bo'lgan avlodlar bir-biridan va ota-onalaridan irsiy jihatdan farq qiladi. Jinsiy ko'payish irsiy xilma-xillikka olib keladi. Erkaklarning jinsiy organlari. Erkaklarning jinsiy organlariga yorg'oqda joylashgan moyak va uning ortig'i, urug' yo'li, urug' pufakchasi, prostata bezi kiradi. Moyaklar bir juft bo'lib, ular erkaklik jinsiy bezi hisoblanadi. Unda erkak jinsiy hujayralari - spermatozoidlar - urug' huhayralari va jinsiy gormonlar testosteron (androsteron) ishlab chiqariladi. Ayollarning jinsiy organlari. Ayollarning jinsiy organlariga tuxumdon, tuxum yo'li (bachadon nayi), bachadon va qin kiradi (80- rasm). Tuxumdon bir juft bo'lib, ayol jinsiy bezi hisoblanadi. Unda ayol jinsiy hujayralari (tuxum hujayralar) va jinsiy gormon (estrogen) lariishlab chiqariladi. Tuxumdonning po'stloq qismida ko'plab yosh jinsiy hujayralar bo'lib, ularning yetilgani tuxumdon to'qimasini yorib, undan bachadon nayiga o'tadi. U mabodo erkak jinsiy hujayrasi bilan qo'shilsa (urug'lansa), yangi organizm paydo bo'ladi. Urug'lanmagan tuxum hujayra esa bañhadonga o'tib yoriladi va qin orqali tashqariga chiqib ketadi. Bu vaqtda ayolda hayz ko'rish yuzaga keladi. Shundan so'ng tuxumdonda navbatdagi tuxumhujayra yetiladi. Savol va topshiriqlar Ko'payish qanday ahamiyatga ega? Erkaklarning jinsiy organlari tuzilishini ayting. Ayollar jinsiy organlari tuzilishini tushuntiring. Hayz ko'rish nima? ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.37 MB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:26 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.37 MB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga