49- §. Muvozanat organi (vestibular analizator) 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Muvozanat organining ahamiyati Muvozanat organi vestibular analizator, deb ham ataladi. U odam tanasining fazoda ma'lum muvozanatda bo'lishini ta'minlaydi. Tik turganda, yurganda, yugurganda, sakraganda, raqsga tushganda, narvondan yuqoriga ko'tarilganda va pastga tushganda, arg'imchoq uchganda, suvda so'zganda, daraxtga chiqqanda, turnikda gimnastika mashqlarini bajarganda, har xil transportda yurganda, ya'ni fazoda odam tanasi eng oddiy holatdan eng murakkab holatga o'tganda tanasining muvozanatini ta'minlovchi asosiy organ vestibular (apparat) analizatordir. Bu analizatorning ishi buzilsa, odam tanasining muvozanatini saqlash xususiyati pasayadi yoki butunlay yo'qoladi. Bu analizator juda qattiq zararlangan bo'lsa, odam hatto o'rindan turganida uning boshi aylanadi, ko'zi tinadi, ko'ngli ayniydi, u tezda o'tirishga yoki yotishga majbur bo'ladi. Vestibular analizator kuchsiz zararlanganda odam murakkab harakatlarni, ya'ni tez yugurish, sakrash, aylanish, zinaga chiqib-tushish kabilarni bajarganda tanasini muvozanatda tutib turishi qiyinlashib, o'zini noxush sezadi. Agar yoshligidan boshlab odamning vestibular analizatori yaxshi chiniqtirilmasa, uning ishi ma'lum darajada pasayadi. Bu, ayniqsa, odam tanasi fazoda murakkab holatlarda bo'lganida seziladi. Chunonchi, motosiklda, avtomashinada tez yurganda, karuselda aylanganda, har xil transport vositalarida yurganda boshi aylanadi, ko'ngli ayniydi, yuragi tez urib, rangi oqaradi, ba'zida hatto hushini yo'qotishi mumkin. Muvozanat organining tuzilishi. Yuqorida eshitish organining tuzilishi bayon etilganda, ñhig'anoqning ichida eshitish retseptorlari, dahliz va yarimaylana kanalchalar ichida esa vestibular analizatorning sezuvchi hujayralari (retseptorlar) joylashgan deb aytilgan edi (81- rasm). Retseptorlarning qo'zg'alishi vestibular nervga o'tib, miya ko'prigidagi po'stloqosti muvozanat markaziga, undan miyachaga va bosh miya yarimsharlari po'stlog'idagi muvozanat markaziga boradi. Muvozanat organining ishi. Odam tanasining turli xil harakatlarida vestibular analizator retseptorlari qo'zg'aladi. Harakat ...

Joylangan
19 May 2024 | 16:27:39
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.65 MB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:46
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
19 May 2024 [ 16:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.65 MB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:46 ]
Arxiv ichida: pptx