Muvozanat saqlash, muskul sezish va tuyg'u organlari

Muvozanat saqlash, muskul sezish va tuyg'u organlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Muvozanat saqlash, muskul sezish va tuyg'u organlari - rasmi

Material tavsifi

Muvozanat saqlash, muskul sezish va tuyg'u organlari mavzusida 1 soatlik Dars taqdimoti. Birlashish -bu boshlanishdir. Ajralmas bo'lib qolish -bu yuksalishdir. Birdamlikda ishlash -bu muvaffaqiyatdir!! Genri Ford. O'tgan mavzu: Eshitish organlarining tuzilishi,eshitish gigiyenasi. 55-.165-168-betlar. 1.Nima sababdan ba'zan qulog'i og'irlashib qolgan keksalar suhbatdoshini yaxshiroq eshitish uchun kaftini quloq suprasiga yaqin tutib turishadi? Quloq suprasi tovush to'lqinlarini kuchaytiradi va eshitish yo'liga yo'naltirib beradi,qo'l kafti quloq suprasi sathining kengayishiga yordam beradi,ovoz yaxshiroq eshitiladi. 2.Biz ko'zimizni yumib, tovush chiqayotgan manbani aniq aytib bera olamiz. Eshitish analizatori tuzilishi va funksiyasining qaysi xususiyatlari tovush manbasini to'g'ri aniqlashga yordam beradi? Tovush to'lqinlarini ichki quloq retseptorlari nerv impulslariga aylantiradi,impulslar eshitish nervlari orqali bosh miya yarim sharlarining chakka qismida joylashgan eshitish markaziga boradi.Bu yerda tovush xususiyati kuchi,balandligi,manbasi ham tahlil qilinadi. Quloq nog'ora pardasini shikastlanmaganligini aniqlash.Ba'zan o'rta quloqning yallig'lanishi yoki ehtiyotsizlik tufayli nog'ora pardada kichik teshik paydo bo'lishi tufayli eshitish pasayishi mumkin.Buni aniqlash uchun quyidagilarni bajaring rasmni diqqat bilan ko'zdan kechirib,eshitish nayini,quloq suprasi,nog'ora parda,eshitish suyakchalari,yarim doira kanallarni toping.O'rta quloq bo'shlig'i eshitish nayi orqali halqum bilan tutashganligiga ishonch hosil qiling.Halqum va eshitish nayi orqali o'tadigan havo o'rta quloq bo'shlig'idagi bosimni tashqi atmosfera bosimi bilan tenglashtirib turadi. Quloq suprasi Tashqi eshitish yo'li Eshitish suyakchalari Yarim doira kanalchalar Chig'anoq Eshitish nervlari Nog'ora parda Eshitish nayi Yangi mavzu: Muvozanat saqlash,muskul sezish va tuyg'u organlari 56- 168-170-betlar R E J A Muvozanat organi,ya'ni vestibular apparat tananing fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash vazifasini bajaradi. Vestibulyar apparat ichki quloqda joylashgan. U 2 ta ovalsimon xaltacha va3 ta halqasimon naychalardan iborat. Yarim aylana kanallar Ovalsimon xaltacha Yumaloq xaltacha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.33 MB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:46 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.33 MB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga