43-§. Oliy nerv faoliyati - odam xulq-atvorining asosi 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Odamning xulq-atvori, aql-idroki, fikrlashi, ongi, boshqalar bilan muomalasi va shu kabi barcha ruhiy xususiyatlarini uning oliy nerv faoliyati belgilaydi. Oliy nerv faoliyati bosh miya katta yarimsharlari va ularning postlog'ida joylashgan nerv hujayralari (nerv markazlari)ning qo'zgalish, tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga hamda ularning birbiriga munosabatiga bog'liq. I. P. Pavlov ko'p yillik ilmiy kuzatishlari asosida miyaning nerv hujayralaridagi qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir-biriga munosabatiga ko'ra, odam oliy nerv faoliyatini quyidagi 4 tipga bo'lgan. I. P. Pavlov Kuchli qo'zg'alish, tormozlanishdan ustun bo'lgan muvozanatsiz tip (xolerik). Bu turga kiruvchi bolalar tinib-tinchimas, serharakat, boshqalar bilan tez o'rtoqlashib, tez urishib qoladigan, arzimas narsaga yig'lab, o'zidan o'zi kuladigan xususiyatga ega bo'ladi. Bunday bolalarning zehni yaxshi bo'ladiyu, ammo xulq-atvori juda murakkab bo'lib, ularning tarbiyasi ota-ona, o'qituvchilar uchun ancha qiyinchilik tug'diradi. Kuchli, muvozanatlashgan, harakatchan tip (sangvinik). Bu turga kiruvchi bolalar qobiliyatli, zehnli, ishchan, har bir ishni tezroq bajarishga intiladigan, atrofidagi kishilar va o'rtoqlariga yaxshi munosabatda bo'ladi. Kuchli, muvozanatlashgan, kamharakat tip (flegmatik). Bu tur vakillari qobiliyatli, zehnli, yuvosh bo'ladi, har bir ishni nihoyasiga yetkazib, shoshmasdan bajaradi, xulq-atvori, atrofdagi kishilar va o'rtoqlari bilan munosabati yaxshi bo'ladi. Kuchsiz, muvozanatlashmagan, tormozlanish qo'zg'alishdan ustun tip (melanxolik). Bu turdagi bolalar kamharakat, ishyoqmas, qo'rqoq, mustaqil fikrga ega bo'lmagan, fikrlash qobiliyati past bo'ladi. Oliy nerv faoliyatining yuqorida ko'rsatilgan turlari tug'ma, ya'ni nasldan naslga berilgan bo'ladi. Bu belgilar, asosan, bolaning yoshlik davrlarida yaqqolroq ko'rinadi, yoshi kattalashgan sari tashqi muhit, ota-ona, o'qituvchilar va atrofdagi kishilarning tarbiyaviy ta'siri natijasida ...

Joylangan
19 May 2024 | 16:27:39
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.04 MB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
19 May 2024 [ 16:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.04 MB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:15 ]
Arxiv ichida: pptx