Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. Shartsiz va shartli reflekslar

Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. Shartsiz va shartli reflekslar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. Shartsiz va shartli reflekslar - rasmi

Material tavsifi

41- §. Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. Shartsiz va shartli reflekslar 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Bosh miya katta yarimsharlari va ularning po'stlog'i markaziy nerv sistemasining yuqori qismi bo'lib hisoblanadi. Odamning xulq-atvori, fikrlashi, ongi va barcha ruhiy xususiyatlari oliy nerv faoliyati bo'lib, u bosh miya katta yarimsharlari va ular po'stlog'ida joylashgan nerv markazlarining normal funksiyasiga bog'liq. Odamning oliy nerv faoliyati murakkab reflekslar orqali namoyon bo'ladi. Bu reflekslar odamning tashqi muhit bilan bog'lanishini, uning har xil sharoitga moslashishini ta'minlaydi. Odamning barcha ixtiyoriy harakatlari, fikrlashi va ruhiy holatlari reflekslar orqali sodir bo'lishini rus fiziolog olimi I. M. Sechenov 1863- yilda yozgan Bosh reflekslari kitobida ko'rsatib o'tgan. I. M. Sechenov I. M. Sechenovning reflekslar haqidagi fikrlarini I. P. Pavlov yanada rivojlantirib, shartli reflekslar haqidagi ta'limotni yaratdi. U odamning oliy nerv faoliyatini shartli reflekslar orqali namoyon bo'lishini ko'rsatib berdi. I. P. Pavlov Refleks - tashqi va ichki muhit ta'siriga odam organizmining nerv sistemasi orqali yuzaga keladigan javob reaksiyasidir. Markaziy nerv sistemasining qaysi qismi ishtirok etishiga qarab, reflekslar ikki xil: shartsiz va shartli bo'ladi. Shartsiz reflekslar. Shartsiz reflekslar hosil bo'lishida markaziy nerv sistemasining pastki qismlari, ya'ni orqa, uzunchoq, o'rta, oraliq miyadagi nerv markazlari ishtirok etadi. Shartsiz reflekslar tug'madir, chunki, ularning nerv yo'llari bola tug'ilgan vaqtda ham bo'ladi. Bu reflekslar odam organizmidagi muhim hayotiy jarayonlarni ta'minlashga qaratilgan. Masalan, ovqatni chaynash (bolaning emishi), yutish, hazm qilish, najas va siydik ajratish, nafas olish, qon aylanishi va hoka'zolar. Shartsiz reflekslar doimiy, ya'ni ular odamning hayoti davomida o'zgarmaydi (yo'qolmaydi). Ularning soni va turi barcha kishilarda deyarli bir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.88 MB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.88 MB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga