Orqa miyaning tuzilishi va funksiyasi

Orqa miyaning tuzilishi va funksiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Orqa miyaning tuzilishi va funksiyasi - rasmi

Material tavsifi

Orqa miyaning tuzilishi va funksiyasi Delivery of Goods Orqa miya. Orqa miya uzunligi katta odamda 40-45 cm, massasi 30-40 g bo'lib, diametri 1 cm ga yaqin oqish ip shaklida bo'ladi. Umurtqa pog'onasi nayi ichida joylashgan kulrang va oq moddadan iborat. Uning markaziy qismi bo'ylab orqa miya nayi o'tadi Nay orqa miya suyuqligi bilan to'lgan. Orqa miyaning oldingi va orqa yuzasi bo'ylab o'tgan chuqur egatchalar uni chap va o'ng qismlarga bo'ladi. Orqa miyaning nayini o'rab turgan markaziy qismi kulrang moddadan iborat. Ko'ndalang kesmasida miyaning kulrang modda joylashgan qismi kapalak qanotiga o'xshash. Kulrang modda atrofini oq modda o'rab turadi. Kulrang modda bir juftdan oldingi va orqa ildizlarni hosil qiladi. Kulrang modda oraliq va harakatlantiruvchi neyronlar tanasi hamda kalta o'simtalaridan, oq modda neyronlarning uzun o'simtalaridan iborat. Oq moddadagi nervlar orqa miya bo'ylab yuqoriga va pastga yo'nalgan nerv yo'llarini hosil qiladi. Orqa miyaning oldingi va orqa tomoni bo'ylab oldingi va orqa egatchalari, uning maxkazidan orqa miya nayi o'tadi. Egatchalar orqa miyani chap va o'ng qismga bo'lib turadi. Orqa miya nayi miya suyuqligi bilan to'lgan. Orqa miyadan 31 juft orqa miya aralash nervlari chiqadi. Har qaysi nerv oldingi va orqa ildizchadan boshlanadi. Orqa ildizchalar sezuvchi nervlarning teri, muskullar va ichki organlardagi retseptorlaridan keladigan nervlardan iborat. Sezuvchi neyronlar tanasi to'planib, orqa miya yonida orqa miya tugunlarini hosil qiladi. Orqa miyaning oldingi ildizchalari harakatlantiruvchi neyronlarning aksonlaridan iborat. Nerv impulslari orqa ildizchalar orqali retseptorlardan oraliq neyronlarga, ulardan oldingi ildizchalar orqali ishchi organlarga uzatiladi. Orqa va oldingi ildizchalarning sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlari orqa miyadan chiqqacli, umurtqa pog'onasi ikki yonida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 481.39 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 32 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 481.39 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 32 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga