Ovqat hazm qilishning ahamiyati

Ovqat hazm qilishning ahamiyati

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ovqat hazm qilishning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

23-§. Ovqat hazm qilishning ahamiyati 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Organlar, fermentlar va ularning vazifalari Ovqat hazm qilish murakkab fiziologik jarayon bo'lib, bunda ovqat fizik va kimyoviy o'zgarishlar natijasida mayda zarrachalarga parchalanib, oshqozon va ichak bo'shlig'idan qon hamda limfa tomirlariga so'riladi. Ovqat og'iz bo'shlig'ida tishlar yordamida, oshqozonda va ichaklarning mayatniksimon hamda peristaltik harakati natijasida maydalanishi fizik o'zgarish deb ataladi. Ovqat tarkibidagi oqsil, yog', uglevodlarning fermentlar ta'sirida parchalanishi kimyoviy o'zgarish deb ataladi. Ovqatni parchalovchi fermentlar uch guruhga bo'linadi: Proteazalar - oqsillarni parchalovchi fermentlar. Lipaza - yog'larni parchalovchi ferment. Karbogidrazalar - uglevodorodlarni parchalovchi fermentlar. I. P. Pavlovning ovqat hazm qilish organlari funksiyasini o'rganishining ahamiyati. 1842-yilda moskvalik jarroh V.A. Basov birinchi bo'lib me'daning shira ajratishini o'rganish uchun itlarda operatsiya yo'li bilan me'daga fistula, ya'ni zanglamaydigan metalldan yasalgan naycha o'rnatish usulini qo'lladi. I.P.Pavlov me'daning shira ajratishini o'rganish usulini yuqori darajada takomillashtirdi. U me'da shirasini toza holda olish maqsadida soxta ovqatlantirish operatsiyasini yaratdi. Buning uchun u operatsiya yo'li bilan me'daga fistula o'rnatdi va unga ovqat tushib shiraga aralashmasligi uchun qizilo'ngachni kesib, uning ikkala uchini itning bo'ynidan tashqariga chiqarib, terisiga tikib qo'ydi. Natijada it ovqatlanganda uning og'iz bo'shlig'idagi ta'm biluvchi retseptorlar orqali miyaning ovqatlanish nerv markazlari qo'zg'alib, refleks yo'li bilan me'dadan ajralgan shira fistula orqali idishga yig'ib olinadi. Uning tarkibi, miqdori o'rganiladi. Ovqat qizilo'ngach orqali tashqariga chiqadi, ya'ni u me'daga tushmaydi. I. P. Pavlov bu usulni yana ham takomillashtirib, operatsiya yo'li bilan itning me'dasida kichik me'da hosil qilish usulini yaratdi. Shuningdek, u operatsiya yo'li bilan jag'osti, quloqoldi bezlariga ham fistula o'rnatib, ulardan ajraladigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.56 MB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:23 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.56 MB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga