Qo'l va oyoq muskullarining tuzilishi Muskul boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroq suyakka birikib, qisqarganda bo'g'imda harakat bajariladi. Muskullar - muskul tolalarining yo'nalishiga qarab: duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasimon va ikki qorinchali bo'lishi mumkin. Har qaysi muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o'ralgan bo'lib, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya alohida muskulni, bir qancha muskulni va muskullarning hammasini o'rab turishi mumkin. Fassiya bilan paylar (bog'lag'ichlar) orasida harakatni engillashtiradigan sinoviy suyuqligi bo'ladi. Muskullar uzun, kalta, keng va yumaloq bo'lishi mumkin. Uzun muskullar ko'proq, qo'l-oyoqlarda uchrab, keng qulochli harakatlarda qatnashadi. Kalta muskullar harakat qulochi kam bo'lgan qismlarda uchraydi. Masalan, ular qovurg'alar, umurtqalar orasida bo'ladi. Keng muskullar gavda atrofida joylashgan, masalan, ko'krak, qorin muskullari va boshqalar. Bularning muskul tolalari har tomonga yo'nalgan bo'lib, boshlanish, birikish joyida keng pay-aponevroz hosil bo'ladi. Yumaloq muskullar og'iz, ko'z atrofida uchraydi. Kalta-yo'gon muskullar baquvvat bo'lib, yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida uchraydi. Masalan, deltasimon dumba muskullari. Organizmdagi muskullar har xil nomlanadi. Boshlanish, birikish joyiga ko'ra, masalan, yelka-bilak muskuli, funksiyasiga qarab chaynash muskuli, bo'quvchi muskullar va hokazo; boshiga qarab: 2 boshli, 3 boshli va hokazo; tuzilishiga qarab: yarim payli muskul va boshqalar; joylashishiga qarab: peshana, yelka muskullari va hokazo; shakliga qarab: trapesiyasimon, rombsyamon muskullar deb ataladi va hokazo. Orqa muskullariga trapetsiyasimon, orqaning serbar muskuli, rombsimon, kurakni ko'taruvchi, yuqorigi va pastki tishsimon, umurtqa pog'onasini tiklovchi (yozuvchi) muskullar kiradi. Orqa muskullari umurtqa pog'onasi va kurak suyagi harakatlarini ta'minlaydi. Vlar gavdani rostlab turadi. Qo'l muskullari yelka kamari va qo'l muskullaridan iborat. Yelka kamari muskullariga ...

Joylangan
19 May 2024 | 16:27:39
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.18 MB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:45
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
19 May 2024 [ 16:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.18 MB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:45 ]
Arxiv ichida: pptx