Qon aylanish sistemasi haqida umumiy tushuncha

Qon aylanish sistemasi haqida umumiy tushuncha

O'quvchilarga / Tibbiyot
Qon aylanish sistemasi haqida umumiy tushuncha - rasmi

Material tavsifi

15-§. Qon aylanish sistemasi haqida umumiy tushuncha 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Qon aylanish sistemasi organlariga yurak, arteriya, kapillarlar, vena va limfa tomirlari kiradi. Yurak va tomirlar odam organizmida qonning to'xtovsiz harakatlanishini ta'minlaydi. Yurakning tuzilishi. Yurak qon aylanish sistemasining markaziy organi bo'lib, vazni erkaklarda 220-300 g gacha, ayollarda esa 180-220 g gacha bo'ladi. Yurak ko'krak qafasida to'sh suyagining orqasida, ikkala o'pkaning o'rtasida joylashgan. Uning ko'proq qismi ko'krak bo'shlig'ining chap tomonida turadi. Yurak devori uch qavatdan: ichki epiteliy qavat - endokard, o'rta - muskul, ya'ni miokard va tashqi - perikarddan iborat. Perikard ikki qavat bo'lib, ichki qavati yurak muskuliga yopishib turadi, u epikard deb ataladi. Tashqi qavati xalta sifatida yurakni o'rab turadi. Ikkala qavat o'rtasidagi bo'shliqdagi suyuqlik yurakning qisqarish va kengayish harakatlariga ishqalanishni kamaytiradi. Yurak to'rt kamera: o'ng va chap bo'lmalar, o'ng va chap qorinchadan tashkil topgan. Bo'lmachalarning devori yupqaroq, qorinchalar, ayniqsa, chap qorinchaning devori qalin, uning muskullari kuchli rivojlangan. Chap qorincha yuqori bosim ostida qon tomiriga qon haydab, katta qon aylanish doirasi orqali tananing hamma organ va to'qimalarini qon bilan ta'minlaydi. Yurakda to'rtta klapan (qopqoq) bo'lib, chap bo'lma bilan chap qorincha o'rtasida ikki tavaqali, o'ng bo'lma bilan o'ng qorincha o'rtasida uch tavaqali, chap qorincha bilan aorta qon tomiri o'rtasida hamda o'ng qorincha bilan o'pka arteriyasi o'rtasida bittadan yarimoysimon klapanlar joylashgan. Yurak klapanlari shunday tuzilganki, ular qonni faqat bir tomonga, ya'ni bo'lmalardan qorinchalarga, qorinchalardan esa aorta va o'pka arteriyasi tomonga oqishini ta'minlaydi. Yurakning ishlashi. Yurak nasos singari vena qon tomirlaridagi qonni so'rib, arteriya qon tomirlariga chiqarib beradi. Yurakning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 12.83 MB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:45 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 12.83 MB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga