Qon guruhlari

Qon guruhlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Qon guruhlari - rasmi

Material tavsifi

13- §. Qon guruhlari 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 1901-yili K. Landshteyner, 1907- yili Y. Yanskiy qonning eritrotsitlari tarkibida agglutinogen, plazmasi tarkibida agglutinin moddalari bo'lishini aniqladilar. K. Landshteyner Y. Yanskiy Bu moddalar agglutinogen A va B, agglutinin α va β dan iborat. Binobarin, bitta odam qonining eritrotsitlari va plazmasida agglutinogen A va agglutinin α yoki agglutinogen B va agglutinin β bo'lmasligi kerak. Normada agglutinogen A va agglutinin β yoki agglutinogen B va agglutinin αbo'lishi mumkin. Agglutinogen A va B bo'lgan qonda agglutininlar umuman bo'lmaydi. Aksincha, agglutinin αva βbo'lgan qonda agglutinogenlar umuman bo'lmaydi. Ana shunga ko'ra, barcha odamlar qoni to'rt guruhga bo'linadi. I guruh - eritrotsitlarda agglutinogen umuman bo'lmaydi, plazmada agglutinin αva β bo'ladi. II guruh - eritrotsitlarda agglutinogen A, plazmada agglutinin βbo'ladi. II guruh - eritrotsitlarda agglutinogen B, plazmada agglutinin αbo'ladi. IV guruh - eritrotsitlarda agglutinogen A va B bo'lib, plazmada agglutinin umuman bo'lmaydi. K. Landshteyner va boshqalar 1940- yilda eritrotsitlarda rezus omil, antigen borligini aniqlaganlar. Rezus omil avloddan avlodga irsiy o'tadi. Rezus omilning bor yoki yo'qligiga ko'ra, rezus musbat va rezus manfiy odamlar bo'ladi. Rezus omil odam hayoti davomida o'zgarmaydi. Agar ona rezus manfiy, homila rezus musbat bo'lsa, ularning rezus omili mos bo'lmaganligi tufayli bolada gemolitik kasallik yuzaga keladi. Qon quyish. Og'ir shikastlanganda va ko'p qon yo'qotilganda uzoq davom etadigan og'ir kasalliklarda bemorni davolash uchun qon quyish kerak bo'ladi. Birinchi guruhqonli odamlar qonini barcha guruhdagi qonli odamlarga berishi mumkin. Shuning uchun ular universal donor deb ataladi (boshqalarga qon beruvchi odam donor, boshqalardan qon oluvchi odam retsipiyent ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.97 MB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:46 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.97 MB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga