Qonning tarkibi va shaklli elementlari

Qonning tarkibi va shaklli elementlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Qonning tarkibi va shaklli elementlari - rasmi

Material tavsifi

12-§. Qonning tarkibi va shaklli elementlari 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Shakli elementlar, plazma Probirkaga bir tomchi geparin moddasini tomizib, ustiga 2-3 ml qon quyib, sentrifugada bir necha minut davomida aylantirilsa, u ikki qismga: ustki qismida rangsiz qon plazmasiga, pastki qismida esa qonning qizil rangdagi quyuq qismi - shaklli elementlariga ajraladi. Qon plazmasi. Qon plazmasi tarkibida oqsillar, yog'lar, uglevodlar, mineral tuzlar, gormonlar, fermentlar, antitelolar bo'ladi. Plazma tarkibida o'rtacha 90-92 % suv, 7-8 % oqsillar, 0,9 % tuzlar, 0,1 % glukoza, 0,8 % yog' bo'ladi. Qonning doimiy harakati natijasida bu moddalar hujayralarga o'tadi va o'zlashtiriladi. Moddalar almashinuvi natijasida hujayralarda hosil bo'lgan qoldiq moddalar qonga o'tib, ayirish organlariga yetkaziladi va tashqariga chiqarib yuboriladi. Plazma tarkibidagi vita'minlar, fermentlar, gormonlar hujayralarda moddalar almashinuvi jarayoni normal o'tishida va antitelolar organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham qon yoki undan tayyorlangan plazma davolash maqsadida qo'llaniladi. Qonning shaklli elementlariga eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar kiradi. Ular qonning quyuq qismini tashkil etadi. Eritrotsitlar (qizil qon tanachalari). Eritrotsitlar suyaklarning ko'mik qismida hosil bo'ladi. Yetilmagan yosh eritrotsitlarda boshqa hujayralardagi singari yadro bo'ladi. Yetilgan eritrotsitlarda yadro yo'qoladi, ya'ni odamning qoni tarkibidagi eritrotsitlar yadrosiz bo'ladi. Ular o'rtasi ozroq botiq, yumaloq shaklga ega. 1 mm3 qonda 4-6 million, o'rtacha 5 million dona eritrotsit bo'ladi. Eritrotsitlarning hosil bo'lishi va soni normal miqdorda bo'lishi odamning sog'lig'iga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishiga, quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabul qilishiga bog'liq. Ayniqsa, ovqat tarkibida oqsillar, temir moddasi, B guruhga kiruvchi vita'minlar yetarli miqdorda bo'lishi zarur. Eritrotsitlar suyak ko'migida hosil bo'lib, qonga o'tgandan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 14.36 MB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:47 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 14.36 MB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga