Qonning tomirlar bo'ylab harakatlanishi

Qonning tomirlar bo'ylab harakatlanishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Qonning tomirlar bo'ylab harakatlanishi - rasmi

Material tavsifi

17- §. Qonning tomirlar bo'ylab harakatlanishi 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Qon oqish tezligi, puls Gemodinamika qonuniga muvofiq, qon aylanishi sistemasining yuqori qismida, ya'ni yurakka yaqin tomonida bosim baland va qonning oqish tezligi arteriya qon tomirlarida yuqori bo'ladi. Quyi qismida esa bosim past va qonning oqish tezligi ham past bo'ladi. Qon oqishining o'rtacha chiziqli tezligi aortada 40 sms, arteriyalarda 40-10 sms; arteriolalarda - 10-0,1 sms, kapillarlarda - 0,1 sms, venalarda - 0,3-0,5 sms gacha sekinlashadi. Tinch holatda katta odam tanasi bo'ylab qon bir marta aylanib chiqishi uchun 25-30 s vaqt ketadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanganda yurakning qisqarishlar soni ko'payadi, qon oqishi tezlashadi va uning odam tanasini aylanib chiqishiga sarflanadigan vaqt qisqaradi. Tomir urishi (puls). Qon tomirlari devorining ritmik ravishda to'lqinlanib turishi tomir urishi, ya'ni puls deb ataladi. Arteriya qon tomirlari devorining to'lqinlanishi arterial puls, vena qon tomirlari devorining to'lqinlanishi vena pulsi deb ataladi. Arterial puls - bu yurakning chap qorinchasi qisqarganda undagi qonning aortaga va undan esa o'rta va mayda arteriya tomirlariga yuqori bosim ostida chiqarilishi natijasida tomir devorining tebranishidan hosil bo'ladi. Odatda, puls bilakning pastki qismidagi arteriya tomirida, ya'ni kaftusti sohasidagi tomirda sanaladi. Bundan tashqari, tananing boshqa sohalaridagi arteriya tomirlarida ham pulsni sanash mumkin Qon bosimi qonning tomirlar devoriga ko'rsatgan bosim kuchidan yuzaga keladi. Qon bosimi ham pulsga o'xshab ikki xil bo'ladi: arterial va vena bosimi. Odatda, yurak-qon tomir sistemasining faoliyati, asosan, arterial bosimni o'lchash yo'li bilan baholanadi. Arterial bosim ikki xil: maksimal va minimal bo'ladi. Maksimal bosim yurakning chap qorinchasi qisqarganda qonning aortaga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 10.79 MB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:47 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 10.79 MB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga