22- §. Sun'iy nafas oldirish 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Odam shikastlanganda, suvga cho'kkanda va boshqa og'ir kasalliklarda miyadagi nafas markazining ishi buzilib, nafas to'xtab qolishi mumkin. Bunday vaqtda bemorga yordam berish maqsadida sun'iy nafas oldiriladi. Sun'iy nafas oldirish ikki usulda: og'izdan og'izga yoki og'izdan burunga usulida amalga oshiriladi. Birinchi usul quyidagicha bajariladi: Bemor tekis joyga chalqancha yotqiziladi. Uning og'zidagiko'pik rezina balloncha yordamida so'rib olinadi yoki barmoqqa bint o'rab artib olinadi; Bemorning yelkasi tagiga yupqa yostiq qo'yiladi. So'ngra yordam beruvchi odam bir qo'li bilan bemorning bo'ynini orqa tomonidan, ikkinchi qo'li bilan boshining tepa qismidan ushlab, boshini orqa tomonga egadi. Uning tili orqa tomonga ketib, burunhalqumini yopib qo'ymasligi uchun u biroz oldinga tortiladi va kuzatib turiladi; Bemorning og'ziga ikki qavat bint yopiladi. Yordam beruvchiyon tomonga o'tirib, bir qo'lini uning bo'ynini orqa tomonidan o'tkazib, ikkinchi qo'li bilan burnini qisadi. O'zi chuqur nafas olib, labini bemor labiga qo'yib, bint orqali uning og'ziga bor kuchi bilan puflaydi. Shundan keyin bemorning burnini qisishni to'xtatadi. Shu vaqtda bemorning ko'kragi biroz shishsa, puflangan havo uning o'pkasiga borgan bo'ladi. So'ngra yordam beruvchi ikki qo'lining kaftini bemor ko'kragining ikki tomoniga qo'yib bosadi. Shu vaqt uning o'pkasidagi havo tashqariga chiqadi. So'ngra bemorning burnini yana qisib, og'zini og'ziga qo'yib puflashni takrorlaydi. Puflash har 4-5 sekundda takrorlanadi, ya'ni bir minutda 12-15 marta puflanadi va ko'kragini bosib nafas chiqariladi. Agar bemorning yuragi ishlab turgan bo'lsa, to uning o'zi nafas ola boshlaguncha sun'iy nafas oldirish davom ettiriladi Nafas olish organlarining kasalliklari. Burun ichki shilliq qavatining yallig'lanishi (rinit), tomoq shilliq qavatining yallig'lanishi ...

Joylangan
19 May 2024 | 16:27:39
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:08
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
19 May 2024 [ 16:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:08 ]
Arxiv ichida: pptx