Suyaklarning tuzilishi va tarkibi

Suyaklarning tuzilishi va tarkibi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Suyaklarning tuzilishi va tarkibi - rasmi

Material tavsifi

6- §. Suyaklarning tuzilishi va tarkibi 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Tuzilishi, o'sishi, yoshga bog'liqlik xususiyatlari Suyaklar ikki qavat bo'lib, ustki qavati qattiq, zich plastinkasimon, ichki qavati g'ovaksimon tuzilishga ega. Ichki qavatida ko'plab ingichka kanalchalar bo'lib, ularda qon tomirlari va nerv tolalari joylashadi. Suyaklarning yuzasi pishiq yupqa parda (periost) - suyakusti pardasi bilan qoplangan. Bu parda biriktiruvchi to'qimadan iborat bo'lib, unda juda ko'p mayda qon va limfa tomirlari, nerv tolalari bo'ladi. Suyakusti pardasi suyakni oziq moddalar bilan ta'minlashda, uning o'sishida, singanda, yorilganda, jarohatning bitishida katta ahamiyatga ega Suyaklar kimyoviy tarkibining 13 qismini organik moddalar -osseinlar (kollagen tolalar) va 23 qismini anorganik moddalar tashkil etadi. Suyaklarning anorganik moddalari tarkibida D. I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi elementlarning ko'pchiligi uchraydi. Shulardan eng ko'pi fosfat tuzlari 60 % ni, kalsiy karbonat tuzi 5,9 % ni tashkil etadi. Suyaklarning o'sishi. Yangi tug'ilgan chaqaloqning bo'yi o'rtacha 50 sm bo'ladi. Bir yoshgacha u har oyda 2 sm dan o'sib boradi. Birinchi yoshi oxirida bo'yi 74-75 sm ga yetadi. Undan keyin har yili uning o'sishi 5-7 sm ni tashkil etadi. Bolalikning ayrim davrlarida bo'yga o'sish tezlashadi. Masalan, 3 yoshgacha, 5-7 yoshgacha va 12-16 yoshgacha. O'sish 20-25 yoshgacha davom etadi. Odam bo'yining uzunligi, asosan, uzun naysimon va umurtqa pog'onasi suyaklarining o'sishiga bog'liq. Suyaklarning o'sishida suyak moddalarini sintezlovchi ustki hujayralar (osteoblastlar) va yemiruvchi (osteoklastlar) hujayralar ishtirok etadi. Suyaklarning ustki tog'ay qismida mineral tuzlar to'planishidan suyak qattiqlashib, suyakka aylanib, ichki tomonidan yemirilib boradi. Shuningdek, suyaklarning o'sishiga gipofiz bezidan ajralgan gormonlar ham ta'sir ko'rsatadi. Suyaklarning yoshga bog'liq xususiyatlari. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.38 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:19 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.38 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga