5- §. Tayanch-harakatlanish sistemasining tuzilishi 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Skletning tuzilishi va funksiyasi, suyaklarning shakllari Tayanch-harakatlanish sistemasi skelet va muskullardan iborat. Odam skeletining funksiyasi-ko'p qirrali. Eng muhimi gavdada u tayanch va himoya funksiyasini bajaradi. Skeletning tayanch funksiyasi tufayli unga barcha skelet muskullari birikib turadi. Skelet ichki organlarni, qon tomirlari va nerv sistemasini himoya qilish funksiyasini ham o'taydi. Masalan, bosh miya kalla suyagining miya qutisi ichida, orqa miya umurtqa pog'onasining kanalida; o'pkalar, traxeya va bronxlar, yurak va yirik qon tomirlari ko'krak qafasida joylashganligi tufayli tashqi muhitning noqulay ta'siridan himoyalangan. Suyaklarning ko'mik qismida qonning shaklli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, suyaklar mineral tuzlar deposi (to'planadigan joy) bo'lib xizmat qiladi. Odam skeleti 206 ta suyakdan tashkil topgan bo'lib, ularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardir Tuzilishiga ko'ra, suyaklar naysimon, yassi, g'ovak va g'alvirsimon bo'ladi. Naysimon suyaklar, o'z navbatida, ikki xil bo'ladi. Uzun naysimon suyaklar (yelka, bilak, son, boldir suyaklari); kalta naysimon suyaklar (qo'l va oyoqning kaft va barmoq suyaklari). G'ovak suyaklar ham ikki xil: uzun g'ovak (qovurg'a, to'sh, o'mrov), kalta g'ovak (umurtqa, kaftusti suyaklari) bo'ladi. Yassi suyaklar -bosh suyagidagi tepa, ensa, yuz, kurak va chanoq suyaklaridir. G'alvirsimon suyaklar - yuqorigi jag', peshana, bosh suyagining pastki asos qismidagi ponasimon va g'alvirsimon suyaklar. Odam tanasidagi suyaklar joylashishiga qarab bir necha qismga bo'lib o'rganiladi: bosh, gavda, qo'l va oyoq suyaklari. Bosh suyagi 23 ta suyakning birikishidan tashkil topgan bo'lib, ikki qismdan iborat: miya qutisi va yuz suyaklari. Gavda skeleti. Odamning gavda skeleti ikki qismdan iborat: umurtqa pog'onasi va ...

Joylangan
19 May 2024 | 16:27:39
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.04 MB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:24
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
19 May 2024 [ 16:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.04 MB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:24 ]
Arxiv ichida: pptx