33- §. Teri shikastlanganda birinchi yordam 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Terining timdalanishi, qirilishi, tilinishi. Bunda jarohat toza sovuq suv bilan yuviladi; so'ngra atrofiga yod eritmasi yoki yashil dori surtib, sterillangan bint bilan bog'lab qo'yiladi. Agar jarohat kattaroq bo'lsa, yuqoridagi birinchi yordam berilgandan so'ng jarroh yoki travmatolog shifokorga murojaat qilinishi kerak. Terining turli sohalaridan qon ketganda birinchi yordam. Ilgari aytilganidek, tana terisining bosh, peshana, chakka, yuz, gavda sohalari jarohatlanganda qon ketishini to'xtatish uchun qon oqayotgan tomirni topib, uni barmoq bilan qattiq bosib turiladi (10-15 minut); bosib turgan barmoq ustidan sovuq suvga ho'llangan sochiq yoki ro'mol qo'yiladi; qon oqishi to'xtagandan keyin, jarohat yuqorida ko'rsatilgan tartibda tozalanadi va bog'lab qo'yiladi. Agar qon ketishi 10-15 minut davomida to'xtamasa, tez yordam chaqiriladi yoki tomirni barmoq bilan bosgan holda jarohatlangan odam jarroh yoki travmatologga yuboriladi. Teri kuyganda birinchi yordam.Terining kuygan joyiga tezlik bilan toza sovuq suv quyiladi. Qo'l yoki oyoq terisi kuygan bo'lsa, oqar suv tagida tutib turiladi (2-3 minut); agar teri faqat qizargan bo'lsa , shu joyga odekolon surtiladi (bog'lash shart emas). Terining kuygan joyida pufakchalar paydo bo'lsa, sovuq suv bilan yuvilgandan keyin yorilmagan pufakchalar atrofiga spirt yoki odeko lon surtilgach, sterillangan bint yoxud dazmollangan oddiy bint (ro'mol) bilan bo'shgina bog'lanadi va tezlikda travmatolog shifokorga yuboriladi. Issiq va oftob urganda birinchi yordam. Odam issiq, dim xonada bo'lganida, issiq hammomda uzoq vaqt yuvinganda, yozning issiq kunlari ochiq havoda uzoq vaqt ish bajarganda issiq urishi mumkin. Buning belgilari: odamning tanasi qiziydi, terisi qizaradi, ko'p terlaydi, umumiy quvvatsizlik, bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, yurak o'ynashi, ...

Joylangan
19 May 2024 | 16:27:39
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.21 MB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 04:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
19 May 2024 [ 16:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.21 MB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 04:26 ]
Arxiv ichida: pptx