Vitaminlar slayd taqdimot

Vitaminlar slayd taqdimot

O'quvchilarga / Tibbiyot
Vitaminlar slayd taqdimot - rasmi

Material tavsifi

28-§. Vita'minlar 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Vita'minlar biologik faol moddalar bo'lib, organizmda moddalar almashinuvida qatnashadi. Rus olimi N.I. Lunin (1853-1938) 1880-yilda himoya qilgan doktorlik dissertatsiyasida vita'minlar hayvonlar organizmi uchun muhim modda ekanligini birinchi bo'lib isbotladi. Uning xulosasiga ko'ra, ovqat tarkibida oqsillar, yog'lar, uglevodlar, tuzlar va suvdan tashqari, alohida moddalar ham bo'ladi, bularsiz organizm yashashi mumkin emas, deyilgan edi. N.I. Lunin Keyinchalik bu noma'lum muhim moddalar 1912- yilda K. Funk tomonidan vita'minlar, deb nomlandi (vita - hayot degan ma'noni bildiradi). K. Funk Turlari, vazifasi Vita'minlarning 40 dan ortiq turi bo'lib, ularning har biri odam organizmida muhim fiziologik vazifani bajaradi. Agar odam organizmida biror vitamin mutlaqo yo'qolsa, avitaminoz, uning miqdori kamaysa, gipovitaminoz, me'yoridan ortib ketsa, gipervitaminoz,deb ataladi. Bu holatlarning har qaysisida o'ziga xos hastalik belgilari paydo bo'ladi. Masalan, gipovitaminoz A, gipovitaminoz B, gipovitaminoz C va hokazo. Vita'minlar suvda va yog'da eriydigan guruhlarga bo'linadi. Suvda eriydigan vita'minlar - B1, B2, B6, B12, PP va C. Yog'da eriydigan vita'minlar - A, D, E, K. A vitamini hayvon va odam organizmining o'sishi va rivojlanishida, hujayralarning bo'linib ko'payishida, epiteliy to'qimasining (terining ustki qavati, nafas yo'llari, ovqat hazm qilish organlarining ichki shilliq qavati) funksional holatini normal saqlashda, ko'z o'tkirligining yaxshi bo'lishini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Organizmda bu vitamin yetishmaganda teri quruqlashib, yoriladi, nafas yo'llari va oshqozon-ichak ichki qavatining yallig'lanish kasalliklari yuzaga keladi. Ko'rish o'tkirligi pasayadi, ayniqsa, odam qorong'ida yaxshi ko'ra olmaydi. Bolalar va o'smirlar organizmining o'sishi va rivojlanishi susayadi. A vitamini baliq yog'ida, sariyog'da, tuxum sarig'ida, jigarda, sabzi, qizil qalampir, o'rik tarkibida ko'p ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.48 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 04:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.48 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga