38-§. Bosh miya 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Bosh miyaning ahamiyati haqida tushuncha. Odamning bosh miyasi uning aql-idroki, fikrlash qobiliyati, ongi kabi muhim ruhiy xususiyatlarining fiziologik asosi hisoblanadi. U tashqi va ichki muhit ta'sirini analiz-sintez qilib, ularga javob qaytaradi. Tananing barcha to'qima va organlari ish faoliyatini bir-biriga bog'lab boshqaradi, organizm bilan tashqi muhitning aloqasini ta'minlaydi. Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi. Bosh miya bosh suyagining ichida joylashgan bo'lib, og'irligi katta odamda 1020-1970 g gacha bo'ladi. Shuni ta'kidlash kerakki, bosh miyaning kattakichikligi odamning aqlini, ish qobiliyatini belgilamaydi. Odamning aqliy faoliyati bosh miya katta yarimsharlarining po'stloq qismida joylashgan nerv hujayralarining murakkab fiziologik, biokimyoviy va biofizik xususiyatlariga bog'liq. Shuningdek, odam aqliy faoliyatining rivojlanishi uning yoshlikdan tarbiyasi, bilim olishi, mashq qilishiga bog'liq. Bosh miya ikki qismdan iborat: bosh miyaning stvol (ustun) qismi va bosh miya katta yarimsharlari. Bosh miyaning stvol qismiga uzunchoq miya, Varoliyev ko'prigi (miya ko'prigi), o'rta miya, oraliq miya hamda miyacha kiradi. Uzunchoq miya bosh miyaning eng pastki qismi bo'lib, uning quyi qismi orqa miyaga, yuqori qismi esa miya ko'prigiga tutashgan. Uning uzunligi 3-3,5 sm, massasi o'rtacha 7 g bo'ladi. Uzunchoq miyaning shikastlanishi nafas olishning va yurak ishining to'xtab qolishiga sabab bo'ladi. Miya ko'prigi uzunchoq miyaning ustki qismida joylashib, yuqori tomondan o'rta miya, yon tomondan miyacha bilan tutashib turadi. Miya ko'prigida uchlik, ko'z soqqasini va yuz muskullarini harakatlantiruvchi nervlarning markazlari joylashgan. O'rta miya Varoliyev ko'prigining yuqorisida joylashgan bo'lib, unda to'rt tepalik: to'rt tepalikning oldingi 2 tasida po'stloqosti ko'rish markazlari, orqadagi 2 ta tepalikda esa po'stloqosti eshitish markazlari joylashgan. Oraliq miya ...

Joylangan
19 May 2024 | 16:27:39
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.31 MB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
19 May 2024 [ 16:27 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.31 MB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:18 ]
Arxiv ichida: pptx