Buyrakusti, me'daosti va jinsiy bezlar

Buyrakusti, me'daosti va jinsiy bezlar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Buyrakusti, me'daosti va jinsiy bezlar - rasmi

Material tavsifi

36- §. Buyrakusti, me'daosti va jinsiy bezlar 8-sinf Odam va uning salomatligi darsligi asosida. 2014 Buyrakusti bezlari. Bu bezlar ikkita bo'lib, nomiga monand o'ng va chap buyraklarning ustki qismida joylashadi Ularning birgalikdagi og'irligi 10-20 g. Buyrakusti bezlari ikki qavat: ustki - po'stloq va ichki - miya qavatidan iborat. Buyrakusti bezining po'stloq qavatida mineralokortikoid, glukokortikoid, androgen va estrogen gormonlari, ichki qavatida noradrenalin va adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Ularning hammasi odam hayotida muhim ahamiyatga ega. Mineralokortikoid gormoni organizmda mineral tuzlar almashinuvi boshqarilishida ishtirok etadi. Glukokortikoid gormoni organizmda oqsil va uglevod almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Ular ta'sirida qonda qand, jigarda glikogen miqdori ortadi. Androgen va estrogen gormonlari erkaklar va ayollarning jinsiy bezlari funksiyasini kuchaytiradi. Buyrakusti bezlarining ichki - miya qismida noradrenalin va adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu ikkala gormonning ta'siri bir xil bo'lganligi uchun ular birgalikda katexolamin deb ham yuritiladi. Bu gormonlar arterial qon bosimini oshiradi, yurak qisqarishini tezlashtiradi, to'qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Me'daosti bezi. Bu bez me'daning pastki va orqa sohasida birinchi bel umurtqasi ro'parasida joylashgan bo'lib, uzunligi 16-20 sm, massasi 70-80 g. Me'daosti bezi aralash bez bo'lib, to'qimasining 98-99% i tashqi sekretsiya funksiyasini bajarib, ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi fermentlarni ishlab chiqaradi. Bez to'qimasining 1-2% i, ya'ni Langergans orolchasi deb ataluvchi qismi ichki sekretsiya funksiyasini bajaradi. Bezning Langergans orolchasida insulin gormoni ishlab chiqariladi. Insulin gormoni qondagi qand moddasining ortiqcha qismi jigar va muskul to'qimalarida glikogen moddasi sifatida zaxira holda to'planishini ta'minlaydi. Me'daosti bezining insulin ishlab chiqarish funksiyasi alohida ahamiyatga ega, chunki bezning bu funksiyasining buzilishi aholi orasida ko'p tarqalgan qandli diabet ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.24 MB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:24 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.24 MB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga