Bosh, gavda va qo'l - oyoq muskullari Reja: 1. Odam tanasi muskullari haqida tushuncha 2. Bosh muskullari 3. Bo'yin muskullari 4. Qo'l - oyoq muskullari Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari. Skelet muskullari odam tanasining turli qismlarida quyidagi tartibda joylashgan: bosh, bo'yin, gavda, qo'l va oyoq muskullari. Bosh muskullari. Bosh muskullari bajaradigan ishiga ko'ra, chaynash va mimika muskullariga bo'linadi. Chaynash muskullariga chakka, xususiy chaynash hamda tashqi va ichki qanotsimon muskullar kiradi. Mimika muskullariga ko'zning aylana muskuli, yonoq muskuli, yuqori va pastki lablarning kvadrat muskullari, pastki labning uchburchak muskuli, og'iz burchagida joylashgan kulgu muskuli kiradi va ruhiy holatlarini ifodalashda ishtirok etadi. Ular, ayniqsa artistlarda yaxshi rivojlangan bo'ladi, chunki ular bu muskullarni maxsus mashq qildiradi. Bo'yin muskullari. Bo'yin muskullariga bo'yinning teri osti muskuli, to'sh - o'mrov so'rg'ichsimon muskuli, narvonsimon muskullar va til osti suyagi sohasidagi muskullar kirib, ular boshning turli harakatlarini ta'minlaydi. Gavda muskullari. Gavda muskullari joylashishiga qarab ko'krak qafasi, qorin va orqa muskullaridan iborat. Ko'krak qafasi muskullariga ko'krakning katta va kichik muskullari, o'mrov osti muskuli, ko'krak qafasining yon tomonida joylashgan tigasimon muskullar, qovurg'alararo (tashqi va ichki) muskullar hamda ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'i o'rtasida joylashgan diafragma muskuli kiradi. Bu muskullar nafas olish, nafas chiqarishda, qo'llarni harakatlantirishda ishtirok etadi. Qorin muskullariga qorinning tashqi va ichki qiyshiq, to'g'ri, ko'ndalang muskullari, belning kvadratsimon muskuli, oraliq, chov kanali muskullari kiradi. Bu muskullar qorin devorini hosil qilishda, nafas harakatlarida, umurtqa pog'onasini bo'qishda, qorin bo'shlig'idagi ichki a'zolar bosimini saqlashda, kuchanish jarayonida ishtirok etadi. qorin muskullari ayollarda yaxshi rivojlanganligi tug'ish jarayoni oson o'tishida muhim rol o'ynaydi. Orqa muskullariga trapetsiyasimon, ...

Joylangan
20 May 2024 | 08:29:17
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
7.58 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
20 May 2024 [ 08:29 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
7.58 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:19 ]
Arxiv ichida: doc