Bosh, gavda va qo'l-oyoqlar skeleti Reja: 1. Odam tanasidagi suyaklarning joylashuvi 2. Bosh suyagining miya qutisi qismi 3. Bosh suyagining yuz qismi 4. Bosh suyaklarining birikishi va yoshga xos xususiyatlari 5. Gavda skeleti. Umurtqa pog'onasi 6. Ko'krak qafasi suyaklari 7. Yelka kamari 8. Qo'lning erkin suyaklari 9. Chanoq 10.Oyoqning erkin suyaklari. Odam tanasidagi suyaklarning joylashuvi. Odam tanasidagi suyaklar joylashishiga qarab bir necha qismga bo'lib o'rganiladi: bosh, gavda, qo'l va oyoq suyaklari. Bosh suyagi 23 ta suyaklarning birikishidan tashkil topgan bo'lib, ikki qismga bo'linadi: miya qutisi suyaklari va yuz suyaklari. Bosh skeleti bosh miya va og'iz bo'shlig'idagi a'zolarni himoya qilib turadi. Miya qutisi suyaklariga: bir juftdan tepa va chakka suyaklari hamda bittadan - pesxona, ensa, asosiy, g'alvirsimon suyaklar kiradi. Ularning umumiy soni 8 ta Yuz suyaklariga: bir juftdan yuqorigi jag', yonoq, burun, ko'z yosh, burunning pastki chig'anog'i, tanglay suyaklari va bittadan dimog', til osti, pastki jag' suyaklari kiradi. Ularning umumiy soni 15 ta. Pastki jag' va chakka suyaklari bir - biri bilan bo'gim hosil qilib birikadi. Bu bo'g'im tufayli pastki jag' xilma - xil harakatlarni bajaradi va natijada odam ovqatni chaynash, so'zlash, kuylash imkoniga ega bo'ladi. Bosh suyagining miya qutisi qismi. Ensa suyagi miya qutisining orqa,pastki tomoni va uning asosini tashkil qilishda qatnashadi. U oldingi tomondan ponasimon suyakka, tepa va chakka suyaklariga birlashgan. Unda palla, yon qismlar, asos yoki tana tafovut qilinadi. Ensa suyagining ana shu qismlari katta ensa teshigi atrofida joylashadi. Ensa suyagi katta ensa teshigi orqali umurtqa kanaliga qo'shilib turadi. Ponasimon suyak juda murakkab tuzilgan bo'lib, kalla suyagining asosan ...

Joylangan
20 May 2024 | 08:29:17
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.59 MB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
20 May 2024 [ 08:29 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.59 MB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:19 ]
Arxiv ichida: doc