Harakat a'zolari sistemasi Reja: Suyaklar haqida ta'limot, osteologiya Suyaklar Suyaklar rivojlanishi Suyaklar tasnifi Odam hayoti davomida harakat qiladi va bu harakat activ(muscular) harakat va passiv (suyak va boylamlar) a'zollar yordamida bajariladi. Lekin muskullar, suyaklar va ularni birlashtirib turgan boylamlarning vazifasi bir-biriga bog'liq bo'lib, bitta embrional qavat - mezodermadan rivojlanadi. Qisqasi, harakat apparati uchta: 1) suyak, 2) suyaklarni birlashtiruvchi boylamlar va 3) muskul sistemasidan tashkil topgan. Harakat sistemasi gavdaning umumiy og'irligiga nisbatan 72,45% ni tashkil etadi. Jumladan, muskullar gavdaning 25, suyaklar esa 15-17 qismini tashkil qiladi. Muskullar deyarli hamma suyaklar ustini qoplab turadi va gavdaning tashqi ko'rinishi (qomat)ning shakllanishida asosiy vazifani bajaradi. SUYAKLAR HAQIDA TA'LIMOT, OSTEOLOGIYA Skelet (skeletos - quritilgan)1 organizmda tayanch bo'ladigan zich to'qimalar (tuzilmalar yig'indisi)dan iborat . Skelet bir qancha alohida suyaklardan tashkil topgan bo'lib, biriktiruvchi to'qimalar, boylamlar va tog'aylar vositasida o'zaro birlashib turadi hamda sust harakat apparatini hosil qiladi. Skelet organizmda, asosan, tayanch, harakat va himoya vazifasini bajaradi.(12-rasm) 1. T a ya n ch v a z i f a s i - yumshoq to'qima va a'zolarning skeletning ayrim qismlariga birikib turishi natijasida vujudga keladi. 2. H a r a k a t v a z i f a s i - skeletni tashkil qilgan suyaklarning har xil richaglar hosil qilib, bo'g'im orqali birlashishi va nerv sistemasi yordamida muskullar qisqarishi bilan yuzaga keladi. 3. H i m o ya v a z i f a s i - skeletning alohida qismlaridan vujudga kelgan bo'shliqlar orqali bajariladi. Masalan, umurtqalar yig'ilib, orqa miyaning joylashishiga moslangan kanal, bosh miya uchun kalla ...

Joylangan
20 May 2024 | 08:29:17
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
680.05 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
20 May 2024 [ 08:29 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
680.05 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:00 ]
Arxiv ichida: doc