Ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi Reja: 1. Tashqi, ichki va aralash sekretsiya bezlari haqIda umumiy tushuncha. 2. Ichki sekretsiya bezlarining ahamiyati. 3. Gipofiz va epifiz bezlari. 4. Qalqonsimon, qalqonoldi va ayrisimon bezlar. 5. Buyrak usti, me'da osti va jinsiy bezlar. Tashqi, ichki va aralash sekretsiya bezlari haqida umumiy tushuncha. Odam organizmida uch xil bez bo'ladi: 1. Tashqi sekretsiya bezlariga teridagi ter, yog', sut, so'lak (quloq oldi, til osti va jag' osti), ko'z yosh hamda me'da va ichaklarning shilliq qavatidagi shira ajratuvchi bezlar kiradi. Bularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar organizm bo'shliqlariga yoki tashqi muhitga chiqariladi. Shuning uchun bu bezlar tashqi sekretsiya bezlari deb ataladi. Jigar ham eng katta tashqi sekretsiya bez hisoblanadi, ya'ni unda ishlab chiqariladigan o't suyuqligi o'n ikki barmoq ichakka quyiladi va najas bilan tashqariga chiqariladi. 2. Ichki sekretsiya bezlari. Bular odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo'lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar organizmning ichki muhitiga, ya'ni qon va limfaga o'tadi. Shuning uchun bu bezlar ichki sekretsiya bezlari deb ataladi. Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqon oldi, ayrisimon, buyrak usti bezlari kiradi. 3. Aralash bezlar. Bularning to'qimasi ikki qismdan iborat bo'lib, bir qismida ishlab chinariladigan suyuqlik xuddi tashqi sekretsiya bezlaridagiga o'xshab tashqi muhitga chiqariladi, ikkinchi qismida ishlab chiqariladigan suyuqlik esa xuddi ichki sekretsiya bezlaridagi singari organizmning ichki muhitiga o'tadi. Bularga me'da osti va jinsiy bezlar kiradi. Ichki sekretsiya bezlarining ahamiyati. Ichki sekretsiya bezlari odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo'lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqlik gormon deb ataladi. Bezlarda ishlab chiqariladigan gormon bevosita bezning to'qimasidan o'tayotgan qon va limfaga quyiladi. Ichki sekretsiya bezlarida ishlab ...

Joylangan
20 May 2024 | 08:29:17
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.57 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
20 May 2024 [ 08:29 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.57 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:07 ]
Arxiv ichida: doc