Ko'rish, eshitish va muvozanat analizatorlari

Ko'rish, eshitish va muvozanat analizatorlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ko'rish, eshitish va muvozanat analizatorlari - rasmi

Material tavsifi

Ko'rish, eshitish va muvozanat analizatorlari Reja: 1. Ko'rish analizatorining tuzilishi 2. Eshitish analizatorining tuzilishi 3. Muvozanat a'zosi (vestibulyar analizator) ning tuzilishi Ko'rish analizatorining tuzilishi. Ko'rish a'zosi - ko'z yordamida odam tevarak-atrofdagi buyumlarning rangi, tuzilishi, hajmi, bir-biridan farqini ajratadi; o'simlik va hayvonot olamini o'rganadi; rassomlik, me'morlik, haykaltaroshlik san'atlarining mahsulotlaridan bahramand bo'ladi; tabiat go'zalliklaridan zavqlanadi. Ko'rish odamning mehnat faoliyatida muhim rol o'ynaydi. Ko'rish orqali odam o'qishni, yozishni va mehnatning boshqa xilma-xil turlarini o'rganadi, bilim oladi, hunar egallaydi. Binobarin, ko'rish orqali odamning ichki dunyosi boyiydi, uning tevarak - atrof, tabiat, san'at haqidagi tushunchasi ortadi, fikrlash qobilyati, aql-idroki, ongi rivojlanadi. Ko'z bosh suyagining maxsus chuqurchasida - ko'z kosasida joylashgan. U ko'z soqqasi, ko'rish nervi va yordamchi qismlaridan iborat. Ko'zning yordamchi qismlariga ko'z soqqasini harakatlantiruvchi oltita muskul va ularning nervlari, ko'z yosh bezlari va ularning kanalchalari, ko'z yosh qopchasi hamda qovoq va kipriklar kiradi. Muskullar ko'z soqqasini harakatlantirib, ko'rish doirasini kengaytiradi. Ko'z yosh bezlaridan ajraladigan suyuqlik ko'zning shox pardasini namlab, uni changdan yuvib turadi. Qovoqlar va kipriklar ko'z soqqasini tashqi muhitning noqulay ta'sirlaridan himoya qiladi. Ko'z soqqasi yumaloq tuzilgan bo'lib, oldingi va orqa qutblariga ega bo'ladi. U tashqi va ichki qismlardan iborat. Tashqi qismi uch qavat: tashqi fibroz, o'rta - qon tomir va ichki to'rsimon pardadan tashkil topgan. Ichki qismiga ko'z ichi suyuqligi, ko'z gavhari va shishasimon tana kiradi. Ko'z soqqasining tashqi -fibroz pardasi ikki qismga bo'linadi. Uning oldingi qismi shox parda deb atalib, u shishadek tiniq, yorug'lik nurlarini sindirish xususyayatiga ega. Tashqi fibroz pardaning yon va orqa qismi ko'zning oq pardasi (sklera) deb ataladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.2 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.2 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga