Muskullar haqida ta'limot umumiy ma'lumotlar Reja: Muskullar fiziologiyasi Tana skeleti Umurtqalar Qovurg'alar Tana suyaklarining birlashuvi Qovurg'alarning umurtqalar va to'sh suyagi bilan qo'shilishi Ko'krak qafasi Tana muskullari Odam organizmida uch xil muskul mavjud: 1) skelet yoki ixtiyoriy qisqaruvchan muskul bo'lib, mikroskop ostida uning tolalari ko'ndalang-targ'il ko'rinadi. Shuning uchun skelet muskullari ko'ndalang-targ'il muskullar deb ataladi; 2) yurak muskullari garchand ko'ndalang-targ'il muskuldan tuzilgan bo'lsa-da, ixtiyorsiz qisqaradi; 3) silliq yoki ixtiyorsiz qisqaruvchan muskullar ichki a'zo va tomirlar devorida joylashgan. Skelet muskullari harakat organlari sistemasi orasida o'zining qisqaruvchan xususiyati bilan muhim vazifani bajaradi. Muskullar nerv tolalari orqali markaziy nerv sistemasidan keladigan impulslar ta'sirida qisqarganda, gavdada turli harakatlar vujudga keladi. Odatda, skelet muskullari odam ixtiyoriga monand qisqaradi. Skelet muskullari o'rta yashar odamda gavda og'irligining 40 foizini, yosh organizmda esa 20-25 foizni tashkil etadi. Sport bilan shug'ullanuvchilarda esa muskullarning umumiy og'irligi gavdaga nisbatan 50 foizgacha yetadi. Yosh ulg'aygan sari muskullar hajmi va og'irligi asta-sekin kamayib boradi. Odam gavdasida 600 ga yaqin skelet muskullari bor. Skelet muskullarining (musculus) har biri ko'ndalang-targ'il tolalardan tuzilgan bo'lib, qisqarish qobiliyatiga ega. Har bir muskulning qisqaruvchi qismi - tanasi (venter) va ikki uchi, ya'ni boshlanish (origo) va biriktiruvchi (pay) qismlari bor. Bundan tashqari, uzun muskullarning boshi (caput) va dumi - yopishadigan pay qismi (insertio) bo'ladi. Yassi muskullar (qorin muskullari)ning yassi payi - aponevrozi (aponeurosis) bo'ladi. rasm. Gavda muskullari (old tomoni). 1-venter frontalis (m. occipitofrontalis); 2-m. orbicularis oris; 3-m. mentalis; 4-m. sternohyoideus; 5-m. extensor carpi ulnaris; 6-m. extensor digiti minimi; 7-m. extensor digitorum; 8-m. flexor carpi ulnaris; 9-m. anconeus; 10-m. rectus abdominis; 11-m. ofliquus ...

Joylangan
20 May 2024 | 08:29:17
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
511.5 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
20 May 2024 [ 08:29 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
511.5 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:46 ]
Arxiv ichida: doc