Muskullarning tuzilishi, shakllari, nomlanishi

Muskullarning tuzilishi, shakllari, nomlanishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Muskullarning tuzilishi, shakllari, nomlanishi - rasmi

Material tavsifi

Muskullarning tuzilishi, shakllari, nomlanishi Reja: 1. Muskul to'qimasining turlari. 2. Muskullar harakatining boshqarilishi. 3. Skelet muskullarining shakllari. 4. Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari. 5. Muskullarning ishlashi. 6. Tayanch-harakatlanish tizimi rivojlanishida jismoniy tarbiya va mehnatning roli. 7. Qad-qomatning shakllanishi. 8. Yassioyoqlik. Muskul to'qimasining turlari. Muskul to'qimasi uch turga, ya'ni ichki a'zolar va qon tomirlari devorini tashkil etuvchi silliq muskullar, o'ziga xos tuzilishga ega bo'lgan ko'ndalang yo'lli yurak muskullari va ko'ndalang yo'lli skelet muskullariga bo'linadi. Tayanch - harakatlanish tizimining tarkibiy qismi bo'lgan ko'ndalang yo'lli skelet muskullari tayanch - harakatlanish tizimining faol qismi hisoblanadi, Muskul qisqarishi suyaklarni harakatga keltiradi va odamning qo'l - oyoqlari ma'lum ishni bajaradi (yurish, yugurish, sakrash, yuk ko'tarish, ovqatlanish, so'zlash, yozish va hokazo). Muskullar harakatining boshqarilishi. Muskullar harakatini nerv tizimi boshqaradi. Muskullar harakatini ta'minlovchi nerv hujayralari motoneyron deb ataladi. Ular harakatlanuvchi nerv hujayralari bo'lib, orqa miyada hamda bosh miyaning uzunchoq va o'rta miya qismlarida joylashgan. Miya markazlaridagi motoneyronlarning uzun tolalari, ya'ni aksonlar tananing turli qismlaridagi muskul tolalari bilan tutashadi. Bitta nerv hujayrasining uzun o'simtasi bir nechta mayda tolalarga bo'linib, yuzlab muskul tolalari bilan tutashgan. Ular nerv - muskul harakat birligi deb ataladi. Muskullar harakatini ta'minlovchi motoneyronlarning orqa miya, uzunchoq va o'rta miyadagi markazlarning funksiyasi bosh miya yarim sharlari po'stloq qismining oldingi markaziy egatida joylashgan nerv hujayralari - harakatlanish oliy nerv markazlari tomonidan boshqariladi. Agar bosh miya po'stlog'idagi nerv markazlarining ishi buzilsa, u markaz boshqaradigan muskullarda markaziy shol yuzaga keladi. Bunda ularning tarangligi ortadi, shol bo'lgan qo'l - oyoq tarashadek qotib qoladi. Bu bosh miya shikastlanganda yoki miyaga qon quyilganda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.02 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.02 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga