Nafas olish a'zolarining tuzilishi Reja: 1.Nafas olishning ahamiyati. 2.Nafas olish a'zolarining tuzilishi. 3.Burun bushlig'i. 4.Hiqildoq. 5.Kekirdak va bronxlar. 6.O'pkalar. 7.Plevra pardasi. Nafas olishning ahamiyati. Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, karbonat angidrid gazini chiqarib turishi nafas olish deb ataladi. Nafas olish har bir tirik organizmming hayoti uchun eng zarur fiziologik jarayon hisoblanadi. Nafas olish jarayoni quyidagi qismlardan iborat: 1.O'pka alveolalar va tashqi muhit o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (tashqi nafas olish). 2.O'pka alveolalari va o'pkaning kapillyar qon tomirlari o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi. 3. Qon va to'qimalar o'rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (ichki nafas olish). Nafas olish orqali tashqi muhitdan qabul qilingan kislorod ishtirokida hujayra va to'qimalarda oqsil, yog' va uglevodlar oksidlanib, energiya hosil qiladi. Hujayra va to'qimalardagi barcha hayotiy jarayonlar (qo'zg'alish, harakatlanish, ko'payish) ana shu energiya hisobiga amalga oshadi. Bu hayotiy jarayonlar natijasida hosil bo'lgan karbonat angidrid gazi hujayra va to'qimalardan qonga o'tib, o'pkalar orqali tashqi muhitga chiqariladi. Nafas olish a'zolarining tuzilishi. Nafas olish a'zolariga: burun bo'shlig'i, burun halqum, hiqildoq, traxeya, bronxlar, o'pkalar va plevra pardalari kiradi. Burun bo'shlig'i. Burun bo'shlig'i yuqori, pastki va ikkita yon devordan tashkil topgan. Burun bo'shlig'i o'rtasidan tog'ay to'siq bilan ikkiga bo'lingan. Uning ichki yuzasi shilimshnq parda bilan qoplangan. Bu pardada juda ko'p mayda bezchalar bo'lib, ulardan shilimshiq suyuqlik ajraladi. Shilliq parda mayda qon tomirlari va nerv tolalariga boy. Burun bo'shlig'ining oldingi qismida mayda tukchalar bo'ladi. Ular nafas olinadigan havo tarkibidagi chang zarrachalarini tutib qolib, organizmni himoya qilish vazifasini bajaradi. Nafas olganda tashqi muhitdan kirgan ...

Joylangan
20 May 2024 | 08:29:17
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.83 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
20 May 2024 [ 08:29 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.83 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:47 ]
Arxiv ichida: doc